Ðåçóëüòàòîâ: 892

Toshkentda O‘rta Chirchiq tumani hokimligi bog‘dorchilik uchun ajratgan 6 gektar yerni 455 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat xavfsizligi xizmati Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini sotish va hujjatlarda turini o‘zgartirish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlarni aniqlandi. Xususan, Toshkentda bog‘dorchilik uchun ajratgan 6 gektar yerni 455 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. gazeta.uz »

2025-4-18 08:57

Toshkentda Stiven King asari asosidagi o‘zbekcha “So‘nggi teginish” filmi premerasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Stiven King hikoyasi asosida suratga olingan “So‘nggi teginish” qisqa metrajli filmining premerasi bo‘lib o‘tdi. Besh yil avval o‘zbekistonlik rejissyor Gulnora Ivanova yozuvchi 2023-yilda tugatgan The Dollar Baby dasturi doirasida uni 1 dollarga ekranizatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan edi. gazeta.uz »

2025-4-8 19:11

“Ramazon — o‘z ustida ishlash vaqti”. Hind-musulmonlar Toshkentda iftorlik qildi (foto)

O‘zbekistondagi hind jamoasi har yili vatandoshlarni iftorlik dasturxoniga yig‘adi. “Gazeta.uz” muxbiri Dilyaver Ablyakimov Toshkentdagi shunday tadbirga borib, Hindiston va O‘zbekistonda Ramazon oyida iftorliklar bir-biridan qanday farq qilishini o‘rgandi, shuningdek, jamoa faoliyati bilan tanishdi (foto). gazeta.uz »

2025-3-28 21:22

Toshkentda Daun sindromi bor bolalar festivali o‘tkazildi — fotoreportaj

Toshkent shahrida Daun sindromi bor bolalarning an’anaviy “Dunyo quyosh nigohida” festivali o‘tkazildi. Unda 350 dan ortiq oila qatnashdi. “Daun sindromi bo‘lgan insonlarga achinish kerakmas, ular muhabbat va teng imkoniyatlarga loyiq”, - deydi tashkilotchi Shahnoza Ikramova. Tafsilotlar “Gazeta.uz” reportajida. gazeta.uz »

2025-3-25 18:39

Toshkentda Markaziy Osiyo uchun Yevropa sun’iy yo‘ldosh interneti dasturi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

YeI, Expertise France, YeIB va SES provayderi vakillari Toshkentda Markaziy Osiyo uchun sun’iy yo‘ldosh interneti bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Yevropa komissari Yozef Sikelaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda mintaqaviy sun’iy yo‘ldosh shlyuzi o‘rnatilishi mumkin, bu esa mamlakatga “haqiqiy raqamli avtonomiya”ni beradi. gazeta.uz »

2025-3-18 13:35

Toshkentda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Poytaxtda fuqarolarning kartalaridagi mablag‘lari va shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Tadbir davomida 20 ga yaqin shaxs qo‘lga olinib, ulardan 15 ming kishining shaxsiy ma’lumotlari va ko‘plab plastik kartalar ashyoviy dalil sifatida olingan. gazeta.uz »

2025-3-17 10:55