Toshkentda 1000 dan ortiq qush va toshbaqalarning noqonuniy savdosi oldi olindi
Olmazor tumanidagi qush bozorida 1168 dona qush va 35 dona cho‘l toshbaqasi noqonuniy sotilayotgani aniqlandi. Ular Ekologiya vazirligi va huquq-tartibot idoralari o‘tkazgan reydda olib qo‘yildi. Qushlarning aksariyati tabiatga qo‘yib yuborildi, toshbaqalar esa vaqtincha hayvonot bog‘iga topshirildi. gazeta.uz »