Ðåçóëüòàòîâ: 859

Toshkent viloyatida aviahalokat holatida qutqaruv operatsiyasi ssenariysi mashq qilindi

FVV, Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, SSV va Uzbekistan Airports’ning taxminan 250 xodimi ishtirokida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ssenariyga ko‘ra, samolyot halokatga uchraydi va mutaxassislar yong‘inni o‘chirish hamda jabrlanganlarni qutqarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishni mashq qildi. gazeta.uz »

2025-8-8 07:45

Yangi Toshkent aeroporti 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident loyiha bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishdi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-1 19:31

Toshkent hokimi ko‘chalarga panjara o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m ajratdi

Poytaxt hokimi ko‘cha va yo‘llarda temir panjara o‘rnatish uchun 6,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror imzoladi. Panjaralar “harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq YTHlarni oldini olish” maqsadida o‘rnatilishi qayd etilgan. May oyida buning uchun 1,46 mlrd ajratish ko‘zda tutilgandi. gazeta.uz »

2025-7-22 14:35

Murod Nazarov Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritilayotganini aytdi va daraxt kesishni qonuniylashtirishni taklif qildi

Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda, dedi tadbirkor Murod Nazarov. Bu haqda Qurilish vazirligi vakili ham gapirgandi. Nazarov daraxtlarni kesish cheklovlarini olib tashlash va kompensatsiya uchun “daraxtlar banki” tashkil etishni ham taklif qildi. Deputat Bobur Bekmurodov taklifni tanqid qildi. gazeta.uz »

2025-7-18 19:53

Prezidentga Toshkent qiyofasini yaxshilashga qaratilgan “Yechimlar atlasi” taqdim etildi

Prezident “Yechimlar atlasi” - poytaxt va Yangi Toshkent shahridagi shaharsozlik obyektlarini loyihalash, o‘rnatish va ulardan foydalanish qoidalari katalogi bilan tanishdi. Unda jamoat joylarini obodonlashtirish, binolar fasadini yagona me’moriy qiyofaga keltirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. gazeta.uz »

2025-7-9 20:04

O‘zbekiston nafaqat Toshkent, balki viloyatlarga ham relokantlar va xorijiy IT kompaniyalarini jalb qilmoqchi

Kelasi yili O‘zbekiston 70% davlat xizmatlarini raqamlashtirish va IT xizmatlari hajmini 100 trln so‘mga yetkazish niyatida. Milliy SI modelini yaratish bilan bir qatorda soha bo‘yicha 1 mln mutaxassis tayyorlash, shuningdek, hududlarda relokantlar va xorijiy IT kompaniyalari uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-7-1 18:22

Markaziy Osiyoning investitsion jozibadorligini qanday oshirish mumkin? Toshkent investitsiya forumi ishtirokchilarining mulohazalari

Markaziy Osiyoning investitsion jozibadorligini qanday oshirish mumkin? Mintaqa mamlakatlarining hamkorlikda ishlashiga nimalar to‘siq bo‘lyapti? Qanday amaliy qadamlar qo‘yilmoqda? Cobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov, IHTT tahlilchisi va boshqa ekspertlar Gazeta bilan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. gazeta.uz »

2025-6-28 18:36

Toshkent va Bali o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng mashhur kurortlardan biri bo‘lgan Indoneziyaning Bali oroliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirdi. 25-iyunga o‘tar kechasi bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketdi. Sayohat vaqti 10 soatni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-6-25 21:40