Ðåçóëüòàòîâ: 859

“Marrani Seul miqyosida olamiz”. Toshkent hokimi — 1 mlrd dollarlik fond va yangi iqtisodiy strategiya haqida

Toshkentda eksportni oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan “favqulodda holat rejalari”ni amalga oshirish uchun 1 mlrd dollarlik fond tashkil etilmoqda, dedi shahar hokimi. Unga ko‘ra, shahar tabiiy resurslarsiz ham yuqori rivojlanishga erishgan Seul darajasini marra qilib olishni reja qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-20 15:18

Toshkent shahri hokimligi Ochiqlik indeksida eng past natija bilan qayd etildi

Antikorrupsiya agentligi 2025-yilgi Ochiqlik indeksini e’lon qildi. Indeksning yuqori o‘rinlarini “O‘zbekgidroenergo”, NKMK va “O‘zavtosanoat” egallagan. Eng yomon natijani Toshkent shahri va Andijon viloyati hokimliklari hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” ko‘rsatgan. Ularga nisbatan jazo qo‘llanishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-13 11:31

Toshkent aeroportida Bangkokdan uchib kelgan chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Toshkent aeroportida Bangkokdan kelgan xorijiy yo‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazilganida, yuklar orasidan 6,3 kg marixuana topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yil boshidan buyon 15 ta holatda qariyb 30 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan, bu o‘tgan yilga nisbatan 18 kilogrammga ko‘p. gazeta.uz »

2026-4-13 10:17

“YHTEM — transport emas, avvalo, odamlar masalasi”. Toshkent hokimi o‘rinbosari bilan katta intervyu

Toshkentning transport sohasidagi asosiy muammosi tirbandliklar emas, balki piyodalar xavfsizligi, dedi poytaxt hokimi o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev. Gazeta bilan suhbatda u YHTEM hal etishi kerak bo‘lgan muammolar, yo‘llar o‘rtasidagi to‘siqlar va mashinalarga to‘la hovlilar haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2026-4-7 21:55

Toshkent hokimligi Amir Temur xiyoboniga yerusti o‘tish joylarini qaytarish taklifini inobatga olishini bildirdi

Toshkent hokimligi Gazeta`ning Amir Temur xiyoboniga xavfsiz yerusti piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish bo‘yicha taklifini inobatga olishini bildirdi. Ma’muriyat “shaharsozlikka oid zamonaviy yondashuvlarga mos keladigan piyodalar infratuzilmasini rivojlantirish g‘oyalariga sodiq qoladi”, deya qayd etdi hokimlik. gazeta.uz »

2026-3-26 16:03

Toshkent va Xiva o‘rtasida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi 1-maydan qatnay boshlaydi — transport vaziri

1-maydan boshlab Toshkent - Xiva yo‘nalishi bo‘yicha Hyundai Rotem tezyurar poyezdini ishga tushirish reja qilinmoqda. Birinchi tarkib allaqachon mamlakatga olib kelingan, yil davomida yana beshtasi keltiriladi, deya ma’lum qildi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Istiqbolda yo‘nalishni Nukusgacha uzaytirish ko‘zlangan. gazeta.uz »

2026-3-19 14:01

“Ekologiyani saqlash kerakligini barcha tushunib yetyapti”. Toshkent shahri hokimi bilan intervyu

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov shanba kuni “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida daraxt ekish jarayonidan so‘ng Gazeta jurnalistiga intervyu berdi. Unda u mazkur loyiha hamda poytaxt ekologiyasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi rejalashtirishgan boshqa ishlar haqida gapirdi. gazeta.uz »

2026-3-18 13:17

Toshkent viloyatida 11-sinf o‘quvchisi tengdoshlari tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Tafsilotlar

Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi bir guruh o‘smirlar bilan janjal oqibatida vafot etdi. Marhum avval kaltaklangan, so‘ng uning ko‘krak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Marhumning yaqinlari qonuniy chora ko‘rilishini so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-3-11 22:53