Ðåçóëüòàòîâ: 859

Foto: Toshkent 24-noyabr sanasida

Toshkentdagi ob-havo sharoiti hamon ifloslanishning yuqori darajada saqlanib qolishiga hissa qo‘shmoqda. Shahardagi smog baland qavatlardan va Toshkent viloyati tog‘laridan yaqqol ko‘rinyapti. Aholiga sog‘lig‘ini himoya qilish uchun choralar ko‘rish tavsiya etiladi. Poytaxtning tonggi manzaralari - Gazeta fotoreportajida. gazeta.uz »

2025-11-24 08:56

Iqlim va antropogen omillar uyg‘unligi. Ekologiya qo‘mitasi — Toshkent shahrida havo ifloslanishi sabablari haqida

Ekologiya qo‘mitasi Toshkent shahrida havo ifloslanishi sabablari tahlilini keltirdi. Havo sifatiga tabiiy va antropogen omillarning birgalikdagi ta’siri e’tirof etildi. Asosiy sabablar - iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilik, isitish (IES, issiqxonalar), transport va qurilish chiqindilari. gazeta.uz »

2025-11-24 22:41

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida pulli yo‘l qurilishini 2026-yil oxirlarida boshlash rejalashtirilmoqda

Toshkent va Chorvoq orasida pulli avtomobil yo‘li paydo bo‘ladi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Ayni paytda loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilishi va ma’qullanishi kutilmoqda. 2026-yil o‘rtalarigacha texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash, 2026-yil oxirlarida qurilishni boshlash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-21 14:17

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti firibgarlikda gumonlanib ushlandi

Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti prokuratura kamomad aniqlagan korxona mansabdorlaridan taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga firibgarlik bilan 8400 dollar talab qilgani aytilmoqda. U DXX xodimlari tomonidan qo‘lgan olingan. gazeta.uz »

2025-11-15 13:39

Toshkent viloyatida 200 ming kishilik CA Smart City — “aqlli shahar” qurish rejalashtirilmoqda. Nimalar ma’lum?

Ohangaronda 6400 gektar maydonda 10 mlrd dollarlik investitsiya bilan ingliz huquqini tatbiq etuvchi “aqlli shahar” qurilishi rejalashtirilmoqda. Tashabbuskor Going Investment uni MOdagi eng yirik savdo, sanoat va moliya markazi sifatida ko‘rmoqda. Tramvay liniyasi va universitet qurilishi ham mumkin. gazeta.uz »

2025-11-6 19:54

“Kiberjinoyatlarning 40 foizdan ortig‘i Toshkent shahriga to‘g‘ri kelyapti” — poytaxt IIBB

O‘zbekistonda sodir etilayotgan kiberjinoyatlarning 40 foizdan ortig‘i Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtda asosan, kiberfiribgarlik va kibero‘g‘rilik jinoyatlari kuzatilyapti. Shahar IIBB vakiliga ko‘ra, kiberfiribgarlik qurbonlarining salkam 90 foizini 40 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlami tashkil etadi. gazeta.uz »

2025-11-6 09:20

Vision Invest va Air Products yangi Toshkent aeroporti uchun aviayoqilg‘i ishlab chiqaradi — energetika vaziri

Yangi Toshkent aeroporti uchun Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi va AQShning Air Products kompaniyasi bilan aviayoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Saudiya kompaniyalari hamkorligida Parkentda yirik batareya saqlash tizimi ishga tushiriladi, Samarqandda yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi. gazeta.uz »

2025-10-17 10:57

2026-yilda Toshkent mahallalarini obodonlashtirish va gastroko‘chalar qurish uchun 1 trln so‘m yo‘naltiriladi

Prezidentga Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi. Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT tizimi yana 10 ta ko‘chada paydo bo‘ladi. Mahallalarni obodonlashtirish, gastronomik ko‘chalar qurish va sug‘orish tizimlarini yangilash ishlariga mahalliy budjetdan 1 trln so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-17 23:40

Markaziy Osiyodagi narkodo‘kon tarqatuvchilari Toshkent va Andijonda qo‘lga olindi

2017-yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan va 4 ming obunachisi bo‘lgan Telegram’dagi narkodo‘kon kanali tarqatuvchilari qo‘lga olindi. Ulardan biri Qirg‘izistondan, ikkinchisi Rossiyadan yuborilgan giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan. Ularning 10 dan ortiq “zakladchik”lari ham bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-10-13 10:17

Beshta xorijiy kompaniya Toshkent shahrida va viloyatlarda oqova suvlarni tozalash loyihalarini amalga oshiradi

Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov oqova suvlarni tozalash sohasidagi DXSH loyihalarini taqdim etdi. Xususan, TAQA kompaniyasi bilan Toshkentda 1 mlrd dollarlik tozalash inshootlari quriladi, Qashqadaryoda kanalizatsiya tizimi modernizatsiya qilinadi, Namangan, Farg‘ona va Jizzaxda yangi texnologiyalar joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-10-9 12:16

Toshkent va Surxondaryoda ayblanuvchilarning jazosini o‘zgartirib berish uchun pul olgan advokatlar ushlandi

Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatida jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchilarga jazoni o‘zgartirib berish evaziga ulardan pul talab qilgan advokatlar qo‘lga olindi. Toshkentda advokat fuqarodan 3700 dollar, surxondaryolik advokat esa 60 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. gazeta.uz »

2025-10-9 08:02

Toshkent viloyatida prokuraturaning ikki xodimi 25 ming dollar bilan ushlangani aytilmoqda

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki xodimi fuqarodan 25 ming dollar olayotganida ushlangani aytilmoqda. Ular jinoyat ishini ayblanuvchilar foydasiga hal qilish va soliq tekshiruvlarini noqonuniy, deb topib berishni va’da qilgan. DXXga ko‘ra, mansabdorlar oldin ham 108 ming dollar olgan. gazeta.uz »

2025-10-8 12:39