Ðåçóëüòàòîâ: 859

Anorbank Toshkent markazidagi Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” binolarini qariyb 34 mln dollarga sotib oldi

Anorbank Toshkent markazidagi Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” kompaniyasi binolarini 439,6 mlrd so‘mga (34 mln dollar) sotib oldi. Dekabr oyi oxirida Energetika vazirligi Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tishi, u yerda davlat organi va uning tuzilmalari uchun yangi bino qurilayotgani haqida xabar berilgan edi. gazeta.uz »

2025-2-10 08:25

Toshkent havosida ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yordan oshmagan — Ekologiya vazirligi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining chegaradosh hududlarida viloyat Ekologiya boshqarmasi havo sifatini tahlil qilib, ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yorida ekanini aniqladi. So‘nggi haftalarda havoni monitoring qiluvchi platformalar va ijtimoiy tarmoqlarda havo sifati yomonlashgani ta’kidlanmoqda. gazeta.uz »

2025-2-7 14:04

Yangi Toshkent infratuzilmasini yaratishda Dubayning shaharsozlik yechimlaridan namuna olinadi

Shavkat Mirziyoyev BAA bosh vaziri bilan uchrashuvda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, raqamlashtirish, sun’iy intellekt sohalarida yaqindan hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi. U Dubayning ilg‘or yechimlarini O‘zbekiston shaharsozlik sohasiga, jumladan, Yangi Toshkentda joriy etishga qiziqish bildirdi. gazeta.uz »

2025-1-15 20:19

Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili

Toshkent shahridagi harakat tarkibida hozir 1847 ta avtobus bor, ularning 1557 tasi kunlik yo‘nalishga chiqariladi. “Toshshahartransxizmat” rahbari o‘rinbosarining aytishicha, shahar maydoni, aholi, har yuz ming kishiga taqsimlangan avtobus sonidan kelib chiqib, poytaxtga 3000 ta avtobus yetarli bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-1-15 15:25

2024-yilda Toshkent aholisining Xalq nazorati’ga murojaatlarining asosiy qismi UJKXga doir bo‘ldi

Xalq nazorati xizmati 2024-yildagi faoliyati natijalarini taqdim etdi. Toshkent aholisi o‘tgan yilgidan 1,5 karra ko‘p murojaat yubordi, 89,6 foizi ko‘rib chiqildi va yopildi. Aksariyati kommunal xo‘jaligi muammolari bilan bog‘liq, 20 foizi daraxt kesish va chiqindi, 10 foizga yaqini yo‘l va trotuar holatiga oid. gazeta.uz »

2025-1-14 00:08

Toshkent mehmonxonasida rossiyalik jurnalist o‘limi ishi bo‘yicha to‘rt nafar shaxs ayblanmoqda

Rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi va o‘zbekistonlik fuqaroning Toshkent mehmonxonasidagi o‘limida gumonlanib 4 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida mehmonxona egasi, santexnik va eski, nosoz isitish qozonini sotgan sotuvchilar bor. Qozon xavfsizlik qoidalarini buzgan holda o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2025-1-10 16:04

Transport vazirligi Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar uchun jarimani rad etdi

O‘zA Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi haqida xabar berdi. Xabarni aksariyat OAV va “Toshshahartransxizmat” qayta chop etdi. Transport vazirligi esa ma’lumotni rad etdi. gazeta.uz »

2025-1-8 23:12

Energetika vazirining Otabek Bakirovga qarshi arizasi: Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan. gazeta.uz »

2024-12-19 11:30