Ðåçóëüòàòîâ: 859

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin. gazeta.uz »

2024-8-12 07:50

YI va BMTTD Toshkent viloyatida quyosh energiyasi asosidagi tomchilatib sug‘orish tizimini ishga tushirdi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tomchilatib sug‘orish tizimi ishga tushirildi, loyiha BMTTD va YI hamkorligida amalga oshirildi. Suv quyosh panellari energiyasidan foydalangan holda 180 m chuqurlikdagi quduqdan chiqariladi. Tizim quvvati 3 ga yerni sug‘orishga yetadi. gazeta.uz »

2024-8-8 19:44

Toshkent YHXB boshlig‘i bahorda lavozimidan ozod etilgan, lekin bu haqda rasman e’lon qilinmagan

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini 5 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan Rafiqjon Jalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. May oyidan buyon poytaxt yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi. gazeta.uz »

2024-7-20 11:56

Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaikaga ega shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin. gazeta.uz »

2024-6-13 22:01