Toshkent viloyatida 14 yoshli yigit suvga cho‘kib, halok bo‘ldi
Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda. gazeta.uz »
òîøêåíò - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Bekobod tumanidagi “Do‘stlik” kanalidan Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan 14 yoshli yigitning jasadi topildi. Tergovga qadar tekshiruv ketmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 4 ayolga yaxshi daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, ularni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgani aniqlandi. Ular Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi. gazeta.uz »
Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin"ligidan xavotirda. gazeta.uz »
Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan. gazeta.uz »
Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda Toshkent shahri hokimining turizm bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Davrukov lavozimidan ozod etildi. Poytaxt hokimligi turizm masalasida tashabbus bilan chiqmayotgani tanqid qilindi. gazeta.uz »
Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxt aeroportiga qo‘ngan yo‘lovchi ayol bojxona nazorati paytida sog‘lig‘idagi muammolar sabab hushidan ketdi. Unga birinchi yordam ko‘rsatildi. gazeta.uz »
112 yagona dispetcherlik xizmati 1-iyundan boshlab Toshkent shahri va viloyatida, keyinchalik bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishga tushiriladi. Bu raqam favqulodda vaziyatlar vaqtida shoshilinch yordam olishga mo‘ljallangan bo‘lib, AQShdagi 911 xizmatining analogi hisoblanadi. gazeta.uz »
Bo‘stonliq tumanida avtomobil ehtiyot qismi ichidan taxminiy narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Moddalar Telegram bot yordamida Qirg‘izistondan yetkazib berilgani aniqlandi. gazeta.uz »
Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi. gazeta.uz »
Olmaliq shahrida mast holdagi haydovchi boshqaruvidagi Damas kanalga tushib ketdi. Hodisa oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmadi, mashina texnik shikastlandi. gazeta.uz »
Juma kuni bir necha soat davom etgan yomg‘irlar Toshkent ko‘chalarini yana suv bosishiga olib keldi. Oqibatda yo‘llarda, ko‘p qavatli uylar hovlilarida harakat qiyinlashdi, piyodalar va bekatlardagi yo‘lovchilar suv ustidan yurishga majbur bo‘ldi. gazeta.uz »
Keles-Toshkent yo‘nalishida Toyota Prado haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt, Damas va Spark mashinalari bilan to‘qnashdi. Oqibatda Toyota va Cobalt haydovchilari voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. gazeta.uz »
Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan avtobus qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. gazeta.uz »
Toshkent yo‘llaridagi o‘lim darajasi butun dunyoda ham eng yuqorilaridan hisoblanadi. YHXB statistikasi haqiqiy kartinani ko‘rsatmasligi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlash uchun hokimlik huzuridagi “Tashkent Invest” kompaniyasi choralar dasturini ishlab chiqqan. “Gazeta.uz” muammolar va yechimlar haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »
Ïåðâîíà÷àëüíî ïðîäàæà 51 ïðîöåíòà ãîñóäàðñòâåííîé äîëè â óñòàâíîì êàïèòàëå ÀÎ «YO’LREFTRANS» ïðîâîäèëàñü ïðè êîíñóëüòàöèè êîíñàëòèíãîâîé êîìïàíèè Winvestment Consult, ñîîáùàåò èíôîðìàöèîííàÿ ñëóæáà Àãåíòñòâà ãîñàêòèâîâ. nuz.uz »
Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan. gazeta.uz »
Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga olish imkoniyati yaratildi. U yerda ishlab chiqarilgan yili 4 yildan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi. gazeta.uz »
Bojxonachilar Toshkent viloyatidagi chegara bojxona postida transport vositasi yukxonasidan 1 dona Makarov pistoleti, harbiy anjomlar va tig‘li sovuq qurollar topdi. gazeta.uz »
Tarmoqlarda Angren tumanida yuk poyezdining 7 ta vagoni relsdan chiqib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ holat xususiy kompaniyaga qarashli temiryo‘lda, yuk tushirish qoidalariga amal qilinmagani oqibatida sodir bo‘lganini bildirdi. gazeta.uz »
Toshkent tumanida 5 yoshli bola nazoratdan chetda qolgani sabab suv krani uchun o‘rnatilgan o‘raga tushib qoldi. FVB xodimlari uni sog‘ holda chiqarib, yaqinlariga topshirdi. gazeta.uz »
Ekologiya vazirligi Toshkent atmosferasida PM2,5 zarrachalari ko‘payishining sabablarini sanadi. JB hamkorligidagi o‘rganishlarda havo ifloslanishi asosan tabiiy chang (36 foiz) tufayli yuzaga kelayotgani aniqlangan. gazeta.uz »
O‘rta Chirchiq tumanida 5 nafar shaxs 5 tup chinor daraxtini kesib, bozorda sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Sud ularning ikki nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. gazeta.uz »
Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida yog‘ib o‘tgan qisqa va shiddatli yomg‘ir ko‘chalarni suvga to‘ldirdi. Tarqalgan videolarda mahallalar, avtomobil yo‘llari va bozorlarni suv bosganini ko‘rish mumkin. Video. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining ayrim qismlarida yo‘l bir tomonlama noma’lum muddatga yopildi. U yerda 15-may kuni soat 22:00 dan boshlab ta’mirlash ishlari boshlandi. Haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan. gazeta.uz »
Zangiota tumanidagi xonadonlarning birida 2 yoshli bola 5 metr chuqurlikdagi hojatxonaga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uni pastdan sog‘ holatda olib chiqdi. gazeta.uz »
1992-yilda qabul qilingan “Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida”gi hukumat qarori 1-sentabrda o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan bekor qilinayotgan 493 ta qarordan birida nazarda tutilgan. gazeta.uz »
Qibray tumanining Universitet va Salar ko‘chalari chorrahasidagi ustunga radar o‘rnatayotgan muhandisni tok urdi. 26 yoshli yigitning vafoti yuzasidan maxsus komissiya tuzildi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimi kaltaklandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda. gazeta.uz »
Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi. gazeta.uz »
Fransiyaning Alstom kompaniyasi vitse-prezidenti Sasha Parne “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Toshkentda tramvay liniyalarini qurish bo‘yicha loyiha haqida gapirdi. Uning aytishicha, rasmiylar 2030-yilgacha davlat organlari ham ko‘chib o‘tishi reja qilingan Yangi Toshkentni ustuvor yo‘nalish sifatida tanlagan. gazeta.uz »
Toshkent investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi. “Yangi Toshkent” infratuzilmasi, ma’lumotlar markazi va elektr stansiyalari qurish, Nukus, Farg‘ona, Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish va boshqa loyihalar rejala qilinmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan ikki brakoner ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlar ikki inspektorni suvga yiqitib, rezina qayiqlarni yoqib yuborgandi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning CAMCE, Goldwind, China Southern Power Grid va Holley Group kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Toshkent viloyatida texnopark qurish va loyihaga Xitoy kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi. gazeta.uz »
“Chirchiq shag‘al saralash” korxonasi direktori Yuqori Chirchiq tumanidagi g‘alla va chorvachilik uchun ajratilgan 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U 40 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganida qo‘lga tushdi. gazeta.uz »
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi ko‘magida “Toshkent Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Usmon mus’hafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent hayvonot bog‘ida 10 yashar bir yo‘lbars bor. Laqabi - Navro‘z. O‘zi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. gazeta.uz »
Toshkent hayvonot bog‘ida jonzotlarning yashash sharoitini yaxshilash uchun navbatdagi vasiylik dasturi ochildi. Bunda korpuslarni ta’mirlash, o‘yinchoq, ovqat olib berish, davolatish va boshqalar amalga oshiriladi. gazeta.uz »
Toshkentda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mebel sexi, shuningdek, Qarshida 1 mlrd so‘mlik gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan korxona aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toshkent viloyatining Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida YTHlarning oldini olish maqsadida foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. 2−3-may kunlari o‘tadigan tadbirda 84 ta davlatdan qariyb 2500 kishi qatnashishi kutilmoqda. gazeta.uz »
Toshkent hokimi “Gazeta. uz” muxbirining “Poytaxt ekologiyasi sizni xavotirga soladimi?” degan savoliga javoban shunday dedi: “Xavotirga solgani uchun 75 gektarda istirohat bog‘larini qurdik, hozir yana 25 gektarda yashil hududlar barpo etyapmiz. gazeta.uz »
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘llarni yaxshilash uchun 500 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgani, shuningdek, bekatlar va tirbandlikni keltirib chiqarayotgan 30 ta eng katta chorrahani tartibga solish rejasi borligini bildirdi. gazeta.uz »
1966-yilgi zilzila Toshkentdagi o‘nlab jamoat binolarini vayron qilgan. Ular orasida Toshkent xalq kutubxonasi ham bor edi. “Gazeta.uz” ushbu muassasa xodimlari qanday qilib vayronalar ostidan nodir kitoblar, qo‘lyozmalar, notalar va bosma nashrlarni olib chiqqani haqida hikoya qiladi. gazeta.uz »
Toshkent xalqaro aeroportida yiliga qariyb 120 ming tonna yuk o‘tkazish quvvatiga ega yangi majmua 5,2 gektar maydonda joylashadi. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2024-yil oxirigacha yuk terminali va ma’muriy bino, 2025-yil yakunigacha esa yuk ombori qurib bitkaziladi. gazeta.uz »
Toshkent xalqaro aeroportida oltinchi marta rasmiy spotting-tur o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 30 dan ortiq spotter qatnashdi. Foto. gazeta.uz »
Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘idagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, attraksionlar o‘rnatilmasligi va bog‘ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim, deya ta’kidladi Ekologik partiya. gazeta.uz »
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Toshkentga tashrifi chog‘ida qo‘shma iqtisodiy komissiya tuzish, tezyurar temiryo‘l loyihalari va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ta’lim, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish bo‘yicha dasturlar e’lon qilindi. gazeta.uz »
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qalbaki 71 200 AQSh dollari muomalaga kiritilishi oldi olindi. gazeta.uz »
Toshkent shahri hokimi tomonidan gul ko‘chatlari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 7,92 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi. gazeta.uz »