Ðåçóëüòàòîâ: 859

Prezident Toshkent viloyatida “sanoat uchburchagi” ishga tushirilishini ma’lum qildi

Angren, Olmaliq, Ohangaron, Piskent va Ohangaron tumanlarida “sanoat uchburchagi” dasturi amalga oshiriladi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, tumanlar o‘rtasida kooperatsiya va klaster asosida ishlab chiqarish transport xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2024-10-16 11:18

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda. Bunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun tiflotexnik vositalar, taktil piktogrammalar, tovush va taktil mimik diagrammalar, axborot vositalari, yordam chaqirish tugmalari joylashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-10-5 09:07

Toshkent viloyatida 30 dan ortiq kobra ilonlar ochiqlikka qo‘yib yuborildi (video)

Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi. gazeta.uz »

2024-10-3 13:33

Toshkent va uning atrofida 2030-yildan boshlab yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. Shuningdek, 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-9-25 15:18

Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi. Nimalar rejalashtirilyapti?

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga doir farmoyishni imzoladi. Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2024-9-13 19:31

Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochadi

Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »

2024-8-28 18:22

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. gazeta.uz »

2024-8-27 14:11