Ðåçóëüòàòîâ: 859

Bolalar ommaviy zaharlangan Toshkent viloyatidagi bog‘chalarga sut mahsulotlarini kim yetkazib bermoqda?

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda ommaviy zaharlanishning ehtimoliy manbai kefir ekani aytilmoqda. Ota-onalar bu go‘sht bo‘lishi mumkinligini ham aytmoqda. Bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing kompaniyalari Shark Milk Product’dan sut mahsulotlarini sotib oladi. Bu kompaniya haqida nimalar ma’lum? gazeta.uz »

2025-9-27 08:10

“Adolat” partiyasi Toshkent viloyatida bolalar ommaviy zaharlangani yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yubordi

Qonunchilik palatasidagi “Adolat” partiyasi fraksiyasi Toshkent viloyatida bolalarning ommaviy zaharlangani yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yubordi. Partiya hodisa sabablarini tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini bildirdi. gazeta.uz »

2025-9-26 18:28

“Toshkent” fond birjasi Franklin Templeton va NASDAQ bilan hamkorlikda modernizatsiya qilinadi

Shavkat Mirziyoyev Nyu Yorkda NASDAQ fond birjasi raisi Adena Fridman hamda Franklin Templeton prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda “Toshkent” fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish kabi rejalar ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2025-9-23 01:32

Toshkentdan Toshkent viloyatining barcha tumanlariga tezyurar elektr poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahrini Toshkent viloyatining barcha tumanlari bilan tezyurar elektr poyezdlari orqali bog‘lash rejalashtirilmoqda. Bu prezident topshirig‘i. Bu orqali u yerlarda ham yangi uy-joylar, infratuzilma va xizmatlarga talab oshadi, odamlar poytaxtga qatnab ishlashi mumkin bo‘ladi, dedi u. gazeta.uz »

2025-9-11 18:09

“Uchastkoviy”ga murabbiylik qiladi — Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi mahallalarga IIOda ishlagan pensionerlar ishga olinmoqda

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida IIO profilaktika sohasida faoliyat yuritgan pensionerlar tanlov asosida mahallalarga ishga olinmoqda. Ular huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida “uchastkaviy”larga murabbiylik qiladi va maosh oladi, deydi IIV vakili. gazeta.uz »

2025-9-3 21:06

Toshkent daraxtlar kesilishi va yashil fondni boshqarish muammosini qanday hal qilmoqda?

O‘zbekistonliklarni tashvishga solayotgan daraxtlar kesilishi muammosi raqamlashtirish yordamida hal etilmoqda. Shu maqsadda Zamin fondi daraxtlar reyestri yuritilishini e’lon qildi. Gazeta uning ishlab chiquvchisi bilan tizimni ishga tushirish, ma’lumot to‘plash, loyiha muammolari va muddatlari haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2025-8-25 13:58

Toshkent ko‘chalarida Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi

Toshkentda o‘tkinchilardan Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi. “Topshiriq bor, reja qo‘yilgan”, dedi ulardan biri Gazeta muxbiriga. Soliq qo‘mitasi bunday topshiriq borligini rad etdi, Bandlik vazirligi bu ishlar bandlik ko‘rsatkichini yaxshilashga yordam bermasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-8-18 18:45

Toshkent hokimi — “Maxsustrans”ning zararlari, chiqindilarni olib chiqib ketishni raqamlashtirish va qurilish chiqindilarini qayta ishlash haqida

Toshkent hokimi “Maxsustrans” korxonasining 45 mlrd so‘m zarar ko‘rganini ma’lum qildi, shu sababli mahallalarda chiqindilar kunlab qolib ketgan. Buni hal qilish uchun chiqindilarni olib chiqish jarayoni raqamlashtirildi, qo‘shimcha texnikalar sotib olindi va haydovchilarning ish haqi oshirildi. gazeta.uz »

2025-8-15 15:57