Toshkent aeroportida yangi fudkort maydoni kimoshdi savdosiga qo‘yildi
Toshkent xalqaro aeroportining uchish terminalidagi iyul oyi oxirigacha foydalanishga topshiriladigan yangi qismidagi joylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Loyihaga ko‘ra, u yerda turli toifadagi uchta umumiy ovqatlanish shoxobchasi - Yevropa taomlari restorani, milliy taomlar restorani va fast fud joylashadi. gazeta.uz »
