Ðåçóëüòàòîâ: 106

O‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy joriy etiladi — prezident

O‘zbekistonda odamlar sog‘lig‘i yoki boshqa tadbirkorlarning manfaatlariga xavf tug‘dirish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy joriy etiladi. O‘rta va yirik biznesni bir yil davomida takroran tekshirish biznes ombudsman ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-8-18 11:56

O‘zbekistonda biznes uchun kreditlar qariyb uch yildagi eng past darajagacha arzonlashdi — Markaziy bank

Iyun oyida so‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka yillik 21,6 foizgacha pasaydi - bir oyda 0,4 foiz bandiga, bir yilda esa 1,4 foiz bandiga. Biznes uchun bank kreditlari 21,8 foizgacha arzonlashib, 2023-yil oktabridan buyon eng past darajaga tushdi. Ayni paytda aholi uchun kredit stavkalari biroz oshdi. gazeta.uz »

2026-8-6 10:56

Toshkentdagi Oqqo‘rg‘on va Parkent ko‘chalarining ayrim qismlari uch kunga yopildi

Toshkentdagi Oqqo‘rg‘on va Parkent ko‘chalarining Mustaqillik shohko‘chasiga tutash ayrim qismlarida 31-iyul soat 23:00 dan 3-avgust soat 22:00 gacha transport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi bosqichida asfalt yotqizish ishlarini yakunlash munosabati bilan joriy etilmoqda. gazeta.uz »

2026-8-1 08:21

Erdog‘an uch kunlik norozilik namoyishlaridan so‘ng Bilgi universitetini yopish haqidagi farmonini bekor qildi

Turkiya prezidenti Erdog‘an talabalar va o‘qituvchilarning uch kunlik ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng Istanbuldagi xususiy Bilgi universitetini yopish to‘g‘risidagi farmonini bekor qildi. Oliygohni yopish qarori uning homiy holdingiga nisbatan olib borilayotgan tergov bilan bog‘liq ekani aytilgandi. gazeta.uz »

2026-5-26 20:43

O‘zbekistonda kreativ industriya sohasidagi xorijiy kontragentlar uch turdagi soliqdan ozod qilinishi mumkin

Senatorlar kreativ iqtisodiyotga oid qonunlarga tuzatishlarni ma’qulladi. Hujjat Kreativ industriya parkining yangi rezidentlari va chet el kontragentlari uchun soliq imtiyozlarini ko‘zda tutadi. Madaniyat va san’at xalqaro tadbirlari uchun davlat xaridi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshiriladi. gazeta.uz »

2026-5-19 16:04

“Uch oyda xodimlar tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi” — Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

2026-yilning yanvar-mart oylarida ichki ishlar xodimlari tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan 32 nafar xodim tizimdan bo‘shatildi. IIV rahbari o‘rinbosariga ko‘ra, o‘tgan uch oyda 10 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi, 39 nafari esa jarohatlandi. gazeta.uz »

2026-4-12 10:33

Uch hafta oldin jazo o‘tashni boshlagan Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi qamoqdan ozod etildi

“Liviya ishi” bo‘yicha 5 yillik qamoq jazosini 21-oktabr kuni o‘tashni boshlagan Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi oradan uch hafta o‘tib qamoqdan ozod qilindi. Apellyatsiya sudi uning ozodlikka chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomasini ma’qullagan. Endi uni mart oyida apellyatsiya sudi kutib turibdi. gazeta.uz »

2025-11-11 09:44

“Uch bolaning ustidan qulflab ketishgan” — Yangihayotda balkonga osilib qolgan bolani qutqargan talaba

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy balkoniga yosh bola xavfli tarzda chiqib qoldi. Uni yuqori qavatda yashovchi talaba, hayotini xavf ostiga qo‘yib, balkondan tushib qutqardi. “So‘ng shu uydagi uch bola bilan, onasi kelguncha, bir soat o‘tirdim”, - dedi u Gazeta’ga bergan intervyusida. gazeta.uz »

2025-10-20 12:36

Uch yilda davxizmatlar 900 taga yetkaziladi, 30 ta hujjat talabi bekor bo‘ladi. Adliya tizimidagi rejalar taqdimot qilindi

Prezident adliya tizimida davlat xizmatini kengaytirish va raqamlashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Rejaga ko‘ra, uch yilda xizmatlar soni 900 taga yetkaziladi, notariuslarda Face ID joriy etiladi, Adliya TV ishga tushadi, 30 turdagi hujjat talabi bekor bo‘lib, Sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi. gazeta.uz »

2025-9-6 23:04

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan uch nafar qiz qo‘lga olindi

DXX tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatgan uch nafar qiz ushlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Ular O‘zbekistonda taqiqlangan terroristik tashkilotlarga tegishli audio-video materiallar va da’vatlarni tarqatish bilan shug‘ullangan. gazeta.uz »

2025-8-12 15:29