Ðåçóëüòàòîâ: 155

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchilariga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »

2024-11-19 09:51

“Gazeta.uz” Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan futbolchilar haqida hujjatli film suratga olmoqda

“Gazeta.uz” ilk hujjatli filmini suratga olishni davom ettirmoqda - u futbolchilarning Parijdagi Olimpiadadagi ishtirokiga bag‘ishlanadi. Premera noyabrga rejalashtirilgan. “Umid qilamizki, film bizni Parijga olib kelgan yo‘lni unutmaslikka yordam beradi”, - dedi Gazeta News direktori Davlat Umarov. gazeta.uz »

2024-8-16 08:39

Andijonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori jarimaga tortildi

Asakadagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilingani, ish jarayonida o‘qituvchilardan biri jarohatlangani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar dars soatlari qisqarib ketishidan qo‘rqib, majburiy mehnatga rozi bo‘lgan. Maktab direktori 35 mln so‘m jarimaga tortildi. gazeta.uz »

2024-8-14 19:04

Toshkentda xavfli “manyovr”lar qilgan “garmoshka” avtobus haydovchisi ishdan olindi

Toshkentda “garmoshka” avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli “manyovr”lar qildi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, “qora ro‘yxat”ga qo‘shildi, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritildi. gazeta.uz »

2024-7-26 15:04

“Dronlardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan darajada emas” — “Madad” NNT vakili

Hukumatda “aholi drondan foydalanish madaniyatiga hali to‘la tayyor emas” degan nuqtai nazar bor. “Hozir ommaviy foydalanishga ruxsat bersak, odamlar bir-birining uyida qilayotgan ishini ham dronlar orqali tarmoqlarga chiqarib yuborishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi “Madad” NNT vakili Islombek Abdurahimov. gazeta.uz »

2024-4-15 15:28