Ðåçóëüòàòîâ: 213

Aksa Elektrik Samarqand viloyati elektr tarmoqlarini boshqaruvga oladi. Kompaniya mahsulotning kamida 90 foizini O‘zbekistondan xarid qilishni rejalashtirmoqda

Samarqand viloyatining taqsimlovchi elektr tarmoqlari xalqaro tender g‘olibi - Turkiyaning Aksa Elektrik kompaniyasi boshqaruviga beriladi. Kompaniya tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangi infratuzilma qurishga investitsiya kiritadi. Bu O‘zbekistondagi ilk shunday loyihadir. gazeta.uz »

2026-8-14 09:15

O‘zbekistonda ilk bor elektr ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tariflari ochiqlandi

Idoralararo tarif komissiyasi elektr energetikasining asosiy bo‘g‘inlari - ishlab chiqarishdan tortib taqsimlashgacha bo‘lgan yangi tariflarni tasdiqladi. 1 kVt/soat ishlab chiqarish qiymati 522 so‘mdan 1126 so‘mgacha, tarmoqlar orqali uzatish 98 so‘m, hududlarda taqsimlash esa 171 so‘mdan 410 so‘mgachani tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-8-9 08:27

Elektr ta’minotidagi cheklovlar yirik uzilishlarning oldini olishga qaratilgan — Energetika vazirligi

Issiq havoda elektr energiyasining vaqtincha o‘chirilishi yirik avariyalarning oldini olishga qaratilgan. Energetika vazirligi Gazeta`ga cheklovlar haqida qarorlar qanday qabul qilinishi va nima uchun iste’molchilarni har doim ham oldindan ogohlantirish imkoni bo‘lmasligini tushuntirdi. gazeta.uz »

2026-7-17 14:57

Zangiotada soliq inspektori, Buvaydada elektr ta’minoti korxonasi muhandisi pora bilan ushlandi

Zangiotada soliq inspektori tadbirkordan 160 mln so‘mlik jarimani bartaraf qilib berish evaziga $1000 talab qilgan. Buvaydada esa elektr ta’minoti korxonasi muhandisi quyosh panellari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish va mijoz topib berish uchun $5000 so‘ragan. Ikkalasi ham tezkor tadbirlarda ushlangan. gazeta.uz »

2026-7-14 07:32

Samarqandda 2030-yilgacha jamoat transporti va taksilarni to‘liq elektr transportiga o‘tkazish reja qilinmoqda

Prezidentga Green Samarkand loyihasi taqdim etildi. U Samarqanddagi jamoat transporti va taksilarni elektr transportiga o‘tkazish, shahar atrofida yashil belbog‘ yaratish, havo ifloslanishini kamaytirish, “yashil” me’yorlar asosida qurilish qilishni nazarda tutadi. Loyiha 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallanmoqda. gazeta.uz »

2026-7-7 20:03

Toshkent shahri va Zangiota tumanining ayrim hududlarida elektr toki o‘chdi

28-iyun kuni kechqurun Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida keng ko‘lamli elektr uzilishi sodir bo‘ldi. Energetiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunga “Yuksak” podstansiyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan va buning oqibatida 110 kV kuchlanishli ikkita elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chib qolgan. gazeta.uz »

2026-6-28 19:45

Toshkentdagi “Issiqlik elektr stansiyalari” binosi 191,5 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasining “Bunyodkor” stadioni ro‘parasidagi ofis binosi E-auksion orqali 191,5 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda sotuvga qo‘yildi. Xaridor obyektni IES Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tganidan keyin, ammo sotib olinganidan boshlab uzog‘i uch yil ichida qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2026-6-3 13:35

Bolalar ombudsmani elektr qurilmalari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat organiga hujjat kiritdi

O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda elektr transformatorlardan bolalarni tok urishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilayotgani ortidan Bolalar ombudsmani vakolatli davlat organiga ta’sir hujjati kiritdi. Unga ko‘ra, mutasaddilar yuqori kuchlanishdagi qurilmalarning doimiy xavfsiz bo‘lishi choralarini ko‘rishi shart. gazeta.uz »

2026-5-21 07:11

Asossiz qarzdorlik bilan elektr to‘lovlariga kiritilgan cheklovlar sabab Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yuborildi

Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik bilan elektr ta’minotiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi. Hozirda chiqindidan 15,8 mlrd so‘mlik qarzdorlik uchun 199 mingga yaqin abonentning elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatilgan. gazeta.uz »

2026-2-12 10:01

Sovuq ob-havo elektr energiyasi ta’minotida “texnik cheklovlar”ga sabab bo‘lishi mumkin — Energovazirlik

Sovuq mavsumda energiya iste’moli oshishi kutilmoqda, ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar qo‘llanishi mumkin, deb ogohlantirdi Energovazirlik. Ammo aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash ustuvor vazifaligicha qoladi. Energoresurslardan oqilona foydalanish tavsiya etilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-16 18:41

2027-yilgacha O‘zbekistonning yana to‘rt viloyatida elektr tarmoqlari xususiy boshqaruvga beriladi

Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi. gazeta.uz »

2025-12-5 12:38

Mol-mulk va yer solig‘ini undirishda ham elektr energiyasining billing tizimidan foydalaniladi

O‘zbekistonda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshgan soliq qarzdorligini undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanishni joriy etiladi. Avvalroq chiqindidan qarzdorlarning elektr energiyasiga to‘lov qilish imkoniyatini cheklash yo‘lga qo‘yilgan edi. gazeta.uz »

2025-12-1 09:19