Ðåçóëüòàòîâ: 213

Tadbirkorlarning elektr energiyasi va tabiiy gaz ortiqcha iste’moli uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi

2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi. gazeta.uz »

2024-9-4 08:05

Qozog‘iston Tojikistondan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston Tojikistonning Rog‘un GESidan elektr energiyasini O‘zbekiston orqali import qilmoqchi. O‘zbekiston ham avval shu stansiyadan elektr xarid qilishni ko‘rib chiqqandi. Tojikiston GES qurilishini yakunlashga tashqi moliyalashtirish olish uchun energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishi kerak. gazeta.uz »

2024-8-29 17:53

31-iyuldan 5-avgustgacha elektr uchun to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin

Yangi HET Billing elektr energiyasini hisoblash tizimining ishga tushirilishi sababli 31-iyul soat 23:50 dan 5-avgust 22:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi, deya xabar qildi “HET”. Bu vaqt ichida elektr uchun to‘lovlarda uzilishlar bo‘lishi mumkin va qarzdor iste’molchilar ta’minotidan uzilmaydi. gazeta.uz »

2024-7-31 10:21

O‘zbekiston va Rossiya kichik atom elektr stansiyalari qurilishida hamkorlik qilishi mumkin

O‘zbekiston va Rossiya nafaqat yuqori quvvatli AESni, balki kam quvvatli AESlarni (har biri 55 MVt quvvatga ega 6 tagacha energiya bloki) qurishda ham hamkorlik qilishi mumkin. Rossiya hukumati “Rosatom”ga 2018-yildagi hukumatlararo kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha protokol imzolashni topshirdi. gazeta.uz »

2024-5-27 14:59

2024-yil oxiriga kelib O‘zbekistonda QTEMning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi 18 foizga yetadi — vazir

2024-yilda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmida 18 foizga yetkazish rejalashtirilgan, dedi energetika vaziri. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan birga Vengriya, Ruminiya va Yevropaning boshqa davlatlariga “yashil” energiya eksport qilinadi. gazeta.uz »

2024-5-14 20:30