Ðåçóëüòàòîâ: 198

“O‘zbekkosmos” agentligi yil boshidan buyon 200 dan ortiq dala yong‘inini aniqladi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida 200 dan ortiq yong‘in qayd etildi, 1600 gektardan ortiq maydon zararlandi. Eng ko‘p holat Surxondaryoda qayd etildi - 180 ta. “O‘zbekkosmos” dala yong‘inlarini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatishda davom etmoqda va ma’lumotlarni organlarga yubormoqda. gazeta.uz »

2025-6-18 17:57

Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi yil davomida 4,5 baravarga kamaydi — MHTI

Aprel yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joyga kiritilgan investitsiyalar rentabelligi 6,2 foizni tashkil etdi - bu o‘tgan yilga (27,8 foiz) nisbatan 4,5 baravar past. Kvartiralarni ijaraga berishdan olinadigan o‘rtacha daromad 10,9 foizdan 8,1 foizgacha, ko‘chmas mulk qiymati esa o‘rtacha 2,4 foizga kamaydi. gazeta.uz »

2025-5-22 14:56

“Agrobank” bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz va jurnalistni sudga berdi

“Agrobank”da korrupsiya alomatlari kuzatilayotgani haqida bir yil avval e’lon qilingan material uchun Uzdiplomat.uz nashri va jurnalist Nodir Norto‘rayevga chora ko‘rildi. Ular bankning ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatishda aybdor deb topildi. Nashrga raddiya chiqarish majburiyati yuklandi. gazeta.uz »

2025-4-17 07:51

O‘zbekiston harbiy mashg‘ulotlarida yil davomida asosiy e’tibor uchuvchisiz uchish apparatlariga qaratildi

O‘zbekiston yil davomida AQSh, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Asosiy mavzu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘ldi. Qolaversa, Mudofaa vazirligi milliy armiyaning shayligini oshirish uchun qurolli to‘qnashuvlar tahlili olib borilayotganini bildirdi. gazeta.uz »

2024-12-24 21:24