Ðåçóëüòàòîâ: 198

“Sag‘bon”, “Yunusobod” va “Botanika” podstansiyalaridagi modernizatsiya jarayonlari yil oxirigacha yakunlanadi — HET vakili

Toshkentdagi 19 ta podstansiya va 16 ta tarmoqda modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” vakiliga ko‘ra, “Yunusobod” podstansiyadagi ishlar 15 kunda, “Sag‘bon” va “Botanika” podstansiyalaridagi jarayonlar esa yil oxirigacha yakunlanadi. gazeta.uz »

2025-11-8 10:07

Surxondaryoda taqiqlangan materialga 6 yil avval “layk” bosgan fuqaro 3 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyatida fuqaro 6 yil avval taqiqlangan materialga “layk” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U 2019-yilda “Odnoklassniki.ru” saytida Abdug‘ani Umarov (Abdulloh domla)ning aqidaparastlik g‘oyalari bor deb topilgan ma’ruzasiga “klass” bosish orqali virtual do‘stlariga tarqatgan. gazeta.uz »

2025-9-24 09:15

Chirchiq, Bekobod, Angren va Olmaliqdagi tozalash inshootlari yil oxirigacha ishga tushadi — “O‘zsuvta’minot”

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida 68 ta tozalash inshooti qurilishi uchun 840 mln dollar ajratildi, shundan 200 mln dollari o‘zlashtirildi, dedi “O‘zsuvta’minot” rahbari Ahmad Suvanqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyiga qadar Chirchiqda oqova suvlarni tozalash uchun yangi inshoot ishga tushiriladi. gazeta.uz »

2025-8-16 12:12

“Ikki-uch yil ichida qurilish chiqindilari muammosini hal qilamiz” — ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi qurilish chiqindilarini poligonlar va tabiiy chiqindixonalarga joylashtirish muammosini hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Chiqindilarni qayta ishlashni jozibador biznesga aylantirish, chiqindilarni olib chiqish faoliyatini litsenziyalash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-15 09:34