Ðåçóëüòàòîâ: 309

Navoiyda yana bir hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »

2024-12-4 15:51

Onlayn do‘konlarning mijozlari foydasiga 100 mln so‘mlik mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi onlayn do‘konlardan mijozlarga 100 mln so‘mga yaqin mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi va 9,3 mln so‘mlik tovarlar almashtirib berilishini ta’minladi. Qo‘mita ularning oferta shartlarini tahlil qilib, qonun buzilish holatlarini aniqladi, ularni qonunchilikka moslashtirilishini ta’minladi. gazeta.uz »

2024-10-30 15:10

«1 mln dollar katta miqdor emas». Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi — Umra litsenziyasi uchun yangi talablar haqida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Umra litsenziyasi uchun yangi talablar tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirdi. «Bu katta miqdor emas… O‘sha 15 ming kishi bilan muammo bo‘lganida, qo‘yilgan 100 ming dollarga 100 kishini ham qaytarib olib kelishga imkoniyatimiz yo‘q edi», - dedi u. gazeta.uz »

2024-10-15 15:34

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi. gazeta.uz »

2024-10-11 17:35

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha foizsiz va garovsiz qarz beriladi

O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Mablag‘ kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi. gazeta.uz »

2024-9-24 11:04

Yandex Uzbekistan xizmatlarni rivojlantirishga 33 mln dollardan ortiq sarmoya kiritmoqchi

Yil oxirigacha Yandex Uzbekistan Yandex Go xizmatlarini rivojlantirish va yangilarini ishga tushirish uchun 33 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqchi, dedi kompaniya rahbari. Sayohatlar, ovqat buyurtma qilish va 16 ta shaharga buyum hamda tovarlarni yetkazish bo‘yicha xizmatlar qamrovini oshirish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-9-12 12:39