Ðåçóëüòàòîâ: 309

Antikorrupsiya agentligi “Ezgulik” jamiyati yutgan 500 mln so‘m bekor qilinganiga izoh berdi. Jamiyatning o‘zi nima deydi?

Antikorrupsiya agentligi Gazeta`ga bergan izohida “Ezgulik”ka 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaganini jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanov ustidan jamoaviy shikoyat kelib tushgani bilan bog‘ladi. Tashanov bu tuhmat ekani, loyihaga oid harakatlar davlat xaridlari portali orqali amalga oshirilganini aytdi. gazeta.uz »

2026-2-17 12:01

“Ezgulik” jamiyatiga antikorrupsiya loyihasi uchun yutgan 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaydigan bo‘ldi. Nimalar ma’lum?

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish loyihasi uchun yutgan 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaydigan bo‘ldi. Parlament komissiyasiga ko‘ra, Antikorrupsiya agentligi shartnoma imzolamagach, pul Moliya vazirligiga qaytarilgan. “Ezgulik” jamiyati senator hamda agentlikni sudga bermoqchi. gazeta.uz »

2026-2-13 19:34

O‘zbekistonda eksport salohiyati 350 mln dollar bo‘lgan mis quvurlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi Infinity Copper Group korxonasida bo‘ldi. Qiymati $36 mln bo‘lgan loyiha Xitoy va Germaniya kompaniyalari bilan amalga oshirilmoqda. U 350 mln dollarlik eksportni ta’minlashi kutilmoqda, mahsulotlarni BAA, Afrika qit’asi, AQSh va Yevropaga yetkazib berish reja qilingan. gazeta.uz »

2026-2-13 13:34

JB O‘zbekistondagi 16 ta tuman va shaharda hayot sifatini yaxshilashga $250 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonning 16 ta tuman va shahrida hayot sifatini yaxshilashga $250 mln dollar ajratdi. Munitsipal infratuzilma: yo‘llar, suv ta’minoti va kanalizatsiya, jamoat transporti, maktablar, poliklinikalar va bog‘larni rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Kutilayotgan qamrov - salkam 1 mln kishi. gazeta.uz »

2025-12-15 15:23

Bank of China`dan $271 mln: Toshkentda 57,5 kilometrlik avtobus yo‘laklari va yo‘l o‘tkazgich quriladi

Toshkentda yirik infratuzilma loyihalari, xususan, 57,5 kilometrdan ortiq avtobus yo‘laklari, yo‘l o‘tkazgich, tunnel qurish va yo‘l ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun Bank of China`dan 271,1 mln dollar kredit mablag‘lari jalb etiladi. Ishlar Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda olib boriladi. gazeta.uz »

2025-12-9 07:01

O‘zbekiston va OIIB 500 mln dollarlik Yashil va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturini imzoladi

O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan yashil o‘sish dasturi uchun $500 mln oladi. U hukumatga yanada samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga yordam berishi, kam emissiyali rivojlanishga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashi va iqlimiy tahdidlarga chidamlilikni oshirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-12-1 14:41

Sheriklari bilan fuqarodan $7,3 mln talab qilishda gumonlangan Toshkent viloyati hokimligi xodimi ushlandi

Toshkent viloyati hokimligining boshqarma bosh mutaxassisi sheriklari bilan fuqarodan 7,3 mln dollar talab qilgani aniqlandi. Ular pulni 8,5 gektar yerni fuqaroga sotish va nomiga rasmiylashtirib berish evaziga so‘ragan, biroq 160 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. gazeta.uz »

2025-11-26 08:27

Prezidentga 36 mln fuqaroning tibbiy ma’lumotlarini o‘zida jamlagan DMED axborot tizimi taqdimot qilindi

Prezident TDTUda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirishga doir ishlar bilan tanishdi. Taqdimotda 36 mln aholining tibbiy ma’lumotlarini aks ettiruvchi DMED elektron axborot tizimi, “Online-shifokor” xizmati, “Raqamli sog‘liqni saqlash markazi” va “Elektron retsept” tizimi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. gazeta.uz »

2025-11-10 18:16

O‘zbekistonda AI startaplarini qo‘llab-quvvatlashga yana $100 mln yo‘naltiriladi

2026−2027-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan startap va ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha $100 mln ajratiladi. Mablag‘lar davlat tizimida AI yechimlarini joriy etish va venchur jamg‘armalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-11-1 21:34