Ðåçóëüòàòîâ: 309

JB O‘zbekistonga taqsimlovchi elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun $100 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga $100 mln imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. U taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishda foydalaniladi. 2024-yilda infratuzilmaning eskirgani va haddan tashqari yuklangani sababli elektr energiyasini taqsimlashda texnik yo‘qotishlar qariyb 13 foizni tashkil etgan. gazeta.uz »

2025-5-16 22:25

“O‘zbekneftgaz” rekord miqdorda yevroobligatsiyalar joylashtirish orqali $850 mln jalb qildi. Mablag‘ qayerlarga sarflanadi?

“O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi yillik 8,75 foizli 850 mln dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirdi, bu 2021-yildagi debyutdan deyarli ikki baravar qimmat. Mablag‘lar gaz qazib olishning qisqarishi sharoitida oldingi qarzlar va investitsiyalarni qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-5-6 18:58

Gulnora Karimovaning aktivlaridan ta’lim sohasiga ham 43,5 mln dollar yo‘naltiriladi. Bu qanday loyihalarga sarflanadi?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda ikkita yirik loyiha amalga oshiriladi. Xususan, maktablarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik oshiriladi, sanitariya va isitish tizimlari yaxshilanadi, 50 ta maktab inklyuziv ta’limga moslashtiriladi. gazeta.uz »

2025-4-25 16:11

Gulnora Karimovaning aktivlaridan 43,5 mln dollari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltiriladi

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari O‘zbekiston tibbiyot sohasiga, xususan, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, 231 ta tug‘uruq muassasalariga 23 turdagi tibbiy uskunalar sotib olinyapti, 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimi o‘qitiladi. gazeta.uz »

2025-4-25 10:09

“Bu pullar o‘zbek xalqiniki”. Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan 67 mln dollarlik aktivlari nimalarga sarflanmoqda?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara qilingan pullarining bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi. Qanday qilib va qaytgan pullar nimalarga sarflanyapti? Jarayonni nazorat qilish uchun BMT shafeligida tashkil etilgan “Ishonch” jamg‘armasi kotibiyati rahbari Yonas Astrup “Gazeta.uz”ga shu haqda intervyu berdi. gazeta.uz »

2025-4-23 18:01

Fransiyaning Suez kompaniyasi O‘zbekistonning ikki viloyatida 340 mln dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

Fransiyaning Suez kompaniyasi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi ta’minoti sohasida 340 mln yevrolik uchta loyihani amalga oshiradi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Surxondaryoning to‘rtta tumanidagi suv ta’minoti tizimini o‘z boshqaruviga oladi, bu esa suv yo‘qotishlarining oldini oladi. gazeta.uz »

2025-3-18 13:31

2024-yilda qariyb 3 mln quti tamaki mahsulotlarining chegaradan olib o‘tilishi va aylanmasiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari 2024-yilda qiymati 61,6 mlrd so‘mlik 2,9 mln quti tamaki mahsulotlarining chegaralar orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘ydi. 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida noqonuniy tamaki aylanmasi bilan bog‘liq 137 ta holat fosh etildi. gazeta.uz »

2025-3-6 12:27

Tramp 5 mln dollar evaziga AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi “oltin karta” sotishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp xorijliklarga 5 mln dollar to‘lov evaziga AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi hamda fuqarolikka yo‘l ochuvchi “oltin karta” sotishni taklif qildi. Shuningdek, u kartalarni rossiyalik oligarxlar olishi mumkinligi haqida savolga “ular juda yaxshi odamlar” deb javob qaytardi. gazeta.uz »

2025-2-26 16:46

2025-yilda O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona 100 mln dollarlik tibbiy uskuna bilan ta’minlanadi

2025-yilda OTBning $100 mln kreditiga O‘zbekistondagi 230 ta tug‘uruqxona uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. KfW bankining 30 mln yevrosi evaziga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 ta tibbiyot muassasasiga yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi uskuna o‘rnatiladi. gazeta.uz »

2025-1-20 20:43