Ðåçóëüòàòîâ: 309

Sud “Ozodlik”ka 100 mln so‘m to‘lash va “gaz chayqovchisi” haqidagi surishtiruv bo‘yicha raddiya e’lon qilishni yukladi

Toshkentdagi sud “Ozodlik” radiosini gaz savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited kompaniyasi va uning asoschisi haqidagi tekshiruv yuzasidan rad etish bayonoti e’lon qilishga hamda ma’naviy zarar uchun 100 million so‘m miqdorida tovon to‘lashga majbur etdi. “Gazeta.uz” sud majlislarida ishtirok etdi. gazeta.uz »

2024-8-20 16:00

Olimpiada o‘yinlarining bir medali O‘zbekistonga 4,1 mln dollarga tushdi. Boshqa davlatlar tayyorgarlik uchun qancha sarflagan?

O‘zbekiston Olimpiadaga tayyorgarlik uchun davlat budjetidan 3 yil ichida 600 mlrd so‘mdan ortiq (taxminan 50 mln dollar) ajratdi. “Gazeta.uz” o‘rgangan ma’lumotlarga ko‘ra, bir medal o‘rtacha 3,89 mln dollarga, mukofot puli va avtomobil qo‘shilganda 4,14 mln dollarga tushdi. Qozog‘iston va Buyuk Britaniyada-chi? gazeta.uz »

2024-8-16 07:55

OTB perinatal xizmatni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz ajratadi

O‘zbekistonda onalar o‘limi kamaygan bo‘lsa-da, hamon Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki bayonotida. Bank homiladorlar va chaqaloqlar uchun ko‘rsatiladigan perinatal xizmatni yaxshilashga yordam berish uchun 100 mln dollar imtiyozli qarz ajratishni ma’qulladi. gazeta.uz »

2024-7-17 08:21

Toshkentda transport vaznini 2 tonna ko‘p yozib, 791 mln so‘mlik imtiyozni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Bojxona xodimlari yoqilg‘i tashish mashinasini hujjatlarda vazni 18 tonnadan 20,6 tonnaga o‘zgartirib yozib, 791 million so‘mlik bojxona imtiyozlarini o‘zlashtirishga uringan shaxslarni aniqladi. 2025-yil 1-yanvargacha 20 tonnadan oshadigan maxsus va yuk transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi. gazeta.uz »

2024-5-22 10:07

O‘zbekistonda kamyob metallarni qazib olish bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalar ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhim xomashyo - litiy, grafit, indiy, vanadiy, reniyning yangi konlarini o‘zlashtirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u kamyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalarni ishlab chiqishni topshirdi. gazeta.uz »

2024-4-30 14:47

420 mln dollarga qurilgan va zarar ko‘rayotgan TMZning davlat ulushi kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

Toshkent metallurgiya zavodidagi davlat ulushining 49,9 foizi 2025-yil iyun oyi oxirigacha xalqaro bozorda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Iyun oyida O‘TTJ sud orqali kiprlik investorlarni loyihadan chetlashtirish haqida qaror chiqartirgan, biroq zavod 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qolgan. gazeta.uz »

2024-4-29 12:12

Jahon banki O‘zbekistonga “Raqamli inklyuzivlik” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratadi

IMV va Jahon banki o‘rtasida “Raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish uchun 50 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Jahon bankining krediti mamlakat qishloqlaridagi minglab yoshlarning IT ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2024-4-20 17:20

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 919 mln so‘m pul talon-toroj qilingan bo‘lishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasida budjet puli o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tashkilot bilan shartnoma tuzgan korxona kerakli elektron qurilmalarni yetkazib bermay, 919 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »

2024-3-12 08:57

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 919 mln so‘m pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasida budjet puli o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tashkilot bilan shartnoma tuzgan korxona kerakli elektron qurilmalarni yetkazib bermay, 919 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »

2024-3-12 08:57

USAID O‘zbekistonda 17,7 mln dollarlik “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini ishga tushirdi

USAID O‘zbekistonda 5 yilga mo‘ljallangan “Biznesni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini boshladi. 17,7 mln dollarlik ushbu loyiha barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida AKT, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotga oid loyihalarga grant mablag‘lari ajratiladi. gazeta.uz »

2024-3-8 13:19