Ðåçóëüòàòîâ: 309

OTB O‘zbekistonda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga davlat sektori samaradorligini oshirish, davlat korxonalari boshqaruvini modernizatsiya qilish va JSTga a’zo bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-10-15 10:32

Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda 100 mln dollarlik avtozapravka tarmog‘ini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Amerikaning Gulf Oil kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” mamlakat bo‘ylab avtozapravkalar tarmog‘i qurish bo‘yicha memorandum imzoladi. Energetika vaziriga ko‘ra, loyiha 100 mln dollarga baholanyapti. 800 mln dollarlik kompressor stansiyalarini modernizatsiyalash va ko‘mir gazifikatsiyasi loyihalari ham rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-10-3 21:17

Anadolu Isuzu Samarqand avtomobil zavodidagi davlat ulushini 80 mln dollarga sotib oldi

Samarqand avtomobil zavodining (SamAuto) davlat ulushi Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasiga 80 mln dollarga sotildi. Kelishuvga ko‘ra, investor avtobus va elektrobuslar ishlab chiqarish va servis markazlari tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, eksportni rivojlantirishga qo‘shimcha 80 mln dollar investitsiya kiritadi. gazeta.uz »

2025-9-30 09:33

Gulnora Karimovaning aktivlaridan 20 mln dollar ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi

Shveysariyada musodara qilingan Gulnora Karimova pullarining 20 mln dollari ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ajratiladi. Loyiha doirasida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan ta’minlash qo‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-9-24 12:47

Xitoyning CITIC kompaniyasi 246 mln dollarga Pungon — Namangan yo‘lini rekonstruksiya qilmoqda

Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Farg‘ona vodiysidagi eng tirband yo‘llardan biri hisoblangan Pungon - Namangan yo‘lining 75 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilmoqda. Loyiha yakunlangach, yo‘l beton qoplamali va to‘rt tasmali bo‘ladi, uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati esa 3 barobarga oshadi. gazeta.uz »

2025-9-22 15:21

Namangandagi Arashan ko‘li atrofida yiliga 1 mln sayyohni qabul qiluvchi kompleks quriladi

Namanganning Pop tumanidagi Arashan ko‘li atrofida yiliga 1 mln sayyohni qabul qila oladigan yirik turizm kompleksi quriladi. Shuningdek, “Furqat” bog‘i rekonstruksiya qilinadi, “Chortoq” suv ombori atrofida turizm kompleksi, mehmonxona, restoran, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar tashkil qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-17 13:57

Navoiyda yo‘lovchi tashuvchi kompaniyaga noqonuniy undirilgan 710 mln so‘mni yo‘lovchilarga qaytarish majburiyati yuklandi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent - Xatirchi” yo‘nalishida avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Hunarmand” MCHJga 2022-yil avgustidan 2025-yil mart oyigacha bo‘lgan davrda yo‘lovchilardan ortiqcha olingan 710 mln so‘mni qaytarish haqida ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »

2025-9-11 16:11

O‘zbekistonda rasmiy maosh norasmiysidan 1,3 mln so‘mga ko‘p — prezident maslahatchisi o‘rinbosari

O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan ishchilar noqonuniy ishlayotganlarga qaraganda o‘rtacha 1,3 mln so‘m ko‘proq maosh oladi, dedi prezident maslahatchisi o‘rinbosari Obid Hakimov. Uning so‘zlariga ko‘ra, 18 foiz holatlarda ish beruvchilar ish haqini “konvert” usulida to‘lashda davom etmoqda. gazeta.uz »

2025-8-12 07:24

Toshkentda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga 200 mln dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi — hokim

Toshkentdagi podstansiyalar, transformatorlarni ta’mirlash va qurish, yangi liniyalarni yotqizishga 200 mln dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi, dedi hokim Shavkat Umurzoqov. “Budjetdan bo‘lmaydi, prezident moliyalashtirish manbalarini belgilab berdi, bu dushanbadan ishni boshlashimizga imkon beradi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-8-10 10:17

O‘zbekistonda Chevrolet komponentlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya 18,2 mln dollarga sotildi

Avto Climate Control avtomobillarga isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqaruvchi korxonadagi davlat ulushi Best Pipe and Parts kompaniyasiga 230 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor kamida 10 yil davomida faoliyat profilini saqlab qolish va GM bilan hamkorlik shartlariga rioya qilish majburiyatini oladi. gazeta.uz »

2025-8-6 10:22

$10 mln talab qilish, tahdid va kaltaklash. Fransiyada o‘zbekistonlik tadbirkorning o‘g‘irlanish tafsilotlari

O‘zbekistonlik tadbirkor Qahramonjon Olimovni Parijda o‘g‘irlab ketgan shaxslar undan 10 mln dollar talab qilgan, deb yozdi Le Monde. Fransiyadagi tergovchilar bilan suhbatda u o‘g‘rilardan birini bankirning sobiq sherigi bilan bog‘liq bo‘lgan “qonundagi o‘g‘ri” deb atadi. gazeta.uz »

2025-7-3 17:11

Bokudagi 80 mln dollarlik “O‘zbekiston” bog‘i mamlakatning Ozarbayjondagi “ko‘zgusi”ga aylanadi — Ortiqxo‘jayev

Bokudagi “O‘zbekiston” bog‘iga kiritilgan investitsiyalar hajmi 80 mln dollarga baholanmoqda. Loyiha Samarqand, Buxoro, Xiva uslubidagi me’moriy obyektlar, ustaxonalar, milliy taomlar restoranlari, plyaj, okeanarium, do‘konlar va boshqalarni qurishni nazarda tutadi, dedi tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev. gazeta.uz »

2025-7-3 13:53

Jahon banki gidroenergetikani rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 150 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha uchun 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi. Qayd etilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sishiga qaramay, ehtiyojlarning qariyb 10 foizi qondirilmayapti. gazeta.uz »

2025-6-25 08:11

Jahon banki gidroenergetikani rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha uchun 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi. Qayd etilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sishiga qaramay, ehtiyojlarning qariyb 10 foizi qondirilmayapti. gazeta.uz »

2025-6-25 08:11

YeTTB O‘zbekistondagi nasos stansiyalari modernizatsiyasi uchun 250 mln dollargacha suveren kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston bo‘ylab 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 mln dollargacha suveren kredit ajratadi. Loyiha doirasida 10 ta hudud qamrab olinishi, uning natijasida yiliga 251 ming megavatt soat elektr energiyasi tejalishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-6-13 09:20

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yoqilishi 50 mln dollargacha daromad keltirishi mumkin. Uni ishga tushirishga nima to‘sqinlik qilmoqda?

O‘zbekiston YouTube monetizatsiya yo‘qligi tufayli yiliga taxminan 50 mln dollar yo‘qotadi. Ushbu imkoniyatni ishga tushirish iqtisodiy o‘sishni 0,1 foizga oshirishi mumkin. Nima uchun monetizatsiya hali ham ishlamayotgani va vaziyatni qanday o‘zgartirish mumkinligi - ITIM tahlilida. gazeta.uz »

2025-5-30 14:33