Ðåçóëüòàòîâ: 86

O‘zbekistonliklarni Saudiyada tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalarida ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiyada mehnat migratsiyasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalariga ishchi kuchini jalb qilishni muhokama qildi. Kadrlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, malaka imtihonlari va qonuniy ishga joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2026-5-5 16:09

Toshkentda 300 ga yaqin fuqaroga uy va’da qilgan Glamour Gold qurilish kompaniyasi ishi sudga oshirildi

Glamour Gold kompaniyasi mansabdorlariga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. Ular Eco Dream turar joy majmuasi uchun 300 ga yaqin fuqaro to‘lagan pulni talon-toroj qilgan. Zararni qoplashda ayblanuvchilarning 65 mlrd so‘mlik mulki xatlandi. Boshqa jabrlanganlar bo‘lsa, murojaat qilish so‘ralmoqda. gazeta.uz »

2026-4-30 15:32

Toshkentda 28 ta madaniy meros obyekti o‘rganildi: AOKAdagi qurilish to‘xtatildi, “Panorama”dan reklama bannerlari olindi

Madaniy meros agentligi Toshkent shahridagi 28 ta tarixiy obyektda monitoring o‘tkazdi. O‘rganish davomida Navoiy ko‘chasidagi obyektlarda qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Sobiq AOKA binosidagi ruxsatsiz ta’mirlash to‘xtatildi, “Panorama” kino saroyidagi noqonuniy reklama bannerlari demontaj qilindi. gazeta.uz »

2026-4-22 10:40

O‘zbekistonda qurilish bo‘yicha murojaatlarning asosiy qismi ish sifati va uylar muddatida topshirilmagani bilan bog‘liq

2025-yil va 2026-yil boshidan buyon Raqobat qo‘mitasi yangi uylar sifati va ularning o‘z muddatida topshirilmasligi bilan bog‘liq 2057 ta murojaatni ko‘rib chiqqan. Shikoyatlarning 74,3 foizi qanoatlantirilgan, qo‘mita fuqarolarga qariyb 24,4 mlrd so‘mni qaytarishga yordam bergan. gazeta.uz »

2026-4-8 14:15

O‘zbekiston qurilish sohasini qanday qilib “oqartirishni” rejalashtirmoqda?

O‘zbekistonda qurilishdagi yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi: ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliq bazasi bozor qiymatida hisoblanadi, shartnomalar raqamlashtiriladi, qoidabuzarlarning tenderdagi ishtiroki cheklanadi. Qolaversa, uy xarid qilishda keshbek joriy etilish mumkin. gazeta.uz »

2025-12-14 10:39

“Vaziyat nazorat ostida”: Qurilish vazirligi — qurilishning kommunikatsiyaga yuklamasi haqida

Deputat Sayyora Jumayeva hovli va mahallalardagi ko‘p qavatli yangi uylar mavjud kommunal tarmoqlarning imkoniyatlarini hisobga olmay qurilayotganidan xavotir bildirdi. Qurilish vazirligi quvvat yetarli bo‘lmasa, tarmoqqa ulanish taqiqlanishini ma’lum qildi va Toshkent shahridagi shunday holatni misol keltirdi. gazeta.uz »

2025-10-10 18:03

“Yo‘lni kavlamay avariyalarni bartaraf etish mumkinmi?” Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi javobi

O‘zbekistonda muhandislik tarmoqlariga asfaltni buzmasdan xizmat ko‘rsatish uchun yerosti kollektorlari joriy etilmoqda. Qurilish va kommunal xo‘jalik vaziri o‘rinbosari qayd etishicha, bunday yechimlar faqat yangi loyihalarda qo‘llanilishi mumkin, eski kommunikatsiyalarni ta’mirlash xarajatlari yuqori va noqulay. gazeta.uz »

2025-10-10 16:25

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Rossiyadagi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi

Rossiyaning Arxangelsk shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish obyektining 5-qavatidan tushib ketib, halok bo‘ldi. Rossiya rasmiylari uning qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotib, beton plitaga qulaganini bildirdi. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi holatni nazoratga oldi. gazeta.uz »

2025-10-8 10:58

“Xavfli pretsedent yaratadi”. Jamoatchilik — Qurilish vazirligining korrupsiyani gapirgan tadbirkor ustidan ariza kiritgani haqida

Jamoatchilik Qurilish vazirligining sohada korrupsiya borligini aytgan tadbirkor ustidan IIVga ariza kiritganini qoraladi: “bu holatda vazirlik, aksincha, unga rahmat aytishi kerak edi”. “Qurilish sohasida korrupsiya yo‘qmi?” deb ajablanganlar ham bo‘ldi. Biznes ombudsman shikoyatni ta’qib sifatida baholagan. gazeta.uz »

2025-9-22 14:24

Qurilish vazirligi Toshkentda bitta uy uchun $200 minggacha xarajat borligini aytgan tadbirkor ustidan IIVga ariza kiritdi

Qurilish vazirligi Toshkentda bitta uy uchun 200 ming dollargacha xarajat borligini aytgan tadbirkor Usmonjon Abdusamadovning ustidan IIVga ariza kiritdi. Vazirlikka ko‘ra, u “jamoatchilikda asossiz axborot tarqalishiga va islohotlarga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga” sababchi bo‘lgan. gazeta.uz »

2025-9-20 13:28

Qurilish vazirligi qurilishga ruxsat olish uchun “$200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotga javob berdi

Quruvchining “har bir uy uchun $200 minggacha xarajat” haqidagi bayonotiga javoban Qurilish vazirligi raqamlashtirish tufayli korrupsiya xavfi minimallashtirilganini ta’kidladi. Tashkilotga ko‘ra, ariza beruvchi va davlat xizmatchisi o‘rtasidagi har qanday o‘zaro munosabatlar barcha bosqichlarda istisno qilinadi. gazeta.uz »

2025-9-3 20:12

“Kapital qurilish emas, ko‘rgazmali plyaj”. Ekologiya vaziri Agalarov Development’ning Chorvoqdagi ishlari haqida (foto)

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Chorvoq qirg‘og‘ida Sea Breeze Uzbekistan loyihasi qurilishi boshlangani haqidagi ma’lumotni rad etdi. U Agalarov Development kompaniyasi “bu qanday ko‘rinishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida” kapital ishlar olib bormasdan, faqat ko‘rgazmali plyajni jihozlayotganini tushuntirdi. gazeta.uz »

2025-8-2 08:14

“Ikki-uch yil ichida qurilish chiqindilari muammosini hal qilamiz” — ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi qurilish chiqindilarini poligonlar va tabiiy chiqindixonalarga joylashtirish muammosini hal qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Chiqindilarni qayta ishlashni jozibador biznesga aylantirish, chiqindilarni olib chiqish faoliyatini litsenziyalash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-7-15 09:34

“4 va 5 qavatli uylarga liftlar o‘rnatish taklifi ishlab chiqilmoqda” — Qurilish vazirligi

O‘zbekistonda 14 mingdan ziyod 4 qavatli, 7,5 mingta 5 qavatli uylar mavjud. Hozirda ularga lift o‘rnatish bo‘yicha dastur tayyorlanmoqda, buning uchun xorij tajribasi ham o‘rganildi. “Nogironligi bor shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda, ayni paytda taklif ishlab chiqyapmiz”, - deydi vazirlik vakili. gazeta.uz »

2025-7-8 15:17