Ðåçóëüòàòîâ: 281

Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi va uning 2 farzandi vatanga qaytarildi

Turkiyada qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi va uning ikki farzandi O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qildi Istanbuldagi Bosh konsulxona. Idora uning faoliyatiga oid ma’lumotlarni ochiqlab, fuqarolardan “marhumaning sha’nini kamsituvchi hamda biryoqlama fikrlar” tarqatmaslikni so‘radi. gazeta.uz »

2026-2-1 00:54

O‘zbekistonda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hisob raqamida $500 bo‘lgan shaxsiy depozitlar ochildi

8 mingdan ortiq yetim bolalarga $500 miqdoridagi shaxsiy depozitlar hisob raqamlari va ijtimoiy kartalarga o‘tkazildi. Mablag‘lar 18 yoshgacha jamg‘ariladi va kapitalizatsiya hisobiga ko‘payadi. Ijtimoiy kartalar transportdan imtiyozli foydalanish, tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar qilish imkonini beradi. gazeta.uz »

2026-1-1 16:00

Terror tashkilotga a’zolikda gumonlanib, 25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan erkak O‘zbekistonga olib kelindi

25 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi. U 1999-yilda chiqib ketib, Afg‘oniston, Pokiston va Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlarning jangovar harakatlarida ishtirok etganlikda gumonlangan. Erkak noyabr oyida MDHga a’zo davlatlarning birida ushlandi. gazeta.uz »

2025-11-27 07:13

Tojikistonga olib o‘tilmoqchi bo‘lgan 5,2 mlrd so‘mga teng valyutalar to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyati “Farhod” postida 2 ta holatda jami 5,2 mlrd so‘mlik valyutalarni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bir holatda pullar 34 kishiga bo‘lib berilgan holda o‘tishi reja qilingan bo‘lsa, boshqasida fuqaroning mashinasidan rubl, somoni, yevro, dollar, yuan, som kabi valyutalar aniqlangan. gazeta.uz »

2025-10-26 08:30

Toshkentda piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga shartli hukm chiqarilib, 2 yil sinov muddati belgilandi

Yashnobod tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni mashinasida urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 56 yoshli shaxsni sud ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qildi. Ayblanuvchi, shuningdek, 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. gazeta.uz »

2025-10-21 16:05

Toshkentdagi devorlarga jo bo‘lgan 12 durdona. Poytaxtning mashhur mozaikalari bo‘yicha yo‘lko‘rsatgich

Toshkentda yuzlab mozaik pannolar - mashhur monumental kompozitsiyalardan tortib, keng jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan asarlargacha bor. Gazeta arxitektura targ‘ibotchisi Fotima Abdurahmonova bilan birga poytaxtni aylanib, shaharning har bir tumanidan ko‘rishga arzigulik bitta ramziy mozaikani tanlab oldi. gazeta.uz »

2025-10-10 05:31

Nogironligi bo‘lgan bolalarga parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilinishi mumkin

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun DXSH asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha deyarli barcha soliqlardan ozod qilinishi kutilmoqda. Bu xizmatdan foydalanadigan ota-onalar to‘lovining oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan qismiga soliq solinmaydigan daromad sifatida qaraladi. gazeta.uz »

2025-9-9 17:07