Ðåçóëüòàòîâ: 281

Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Ostonada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogini 1 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunladi. Navbahor Hamidova finalda turkiyalik raqibi ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va JKda oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-7-7 10:50

Nima uchun aholining davlat xizmatchilariga bo‘lgan ishonchi past? Ekspertlar javoblari

Davlat xizmatchilari ijtimoiy ne’matlardan foydalanishni ta’minlaydi va hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Davlat xizmati forumi ishtirokchilari. Rol muhim ekan, nega fuqarolar unga har doim ham ishonishga tayyor emaslar? Gazeta ekspertlarning fikrlarini to‘pladi. gazeta.uz »

2025-6-26 08:41

Isroildan chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat punktlari va aviaqatnovlar bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun nazorat-o‘tkazish punktlari va transport yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, elchixona Isroil rasmiylari va front orti tuzilmalarining ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishni so‘radi. gazeta.uz »

2025-6-18 09:23

Prezident Bo‘rijar kanalida qizni qutqarish jarayonida halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan taqdirladi

5-may kuni Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarish jarayonida fuqaro Abdumannop Samiqov halok bo‘lgandi. Gazeta voqea haqida reportaj tayyorlagandi. Shavkat Mirziyoyev Samiqovni va ushbu jarayonda qatnashgan Nurmuhammad Mamasaliyevni “Jasorat” medali bilan mukofotladi. gazeta.uz »

2025-6-3 14:50