Ðåçóëüòàòîâ: 68

O‘sib borayotgan aholi soni, milliy strategiya va mas’uliyat: O‘zbekiston demografik tendensiyalarga qanday moslashmoqchi?

O‘zbekistonning hozirgi demografik voqeligi mamlakat uchun ham imkoniyat, ham mas’uliyatdir va uzoq muddatli siyosiy strategiyani talab qiladi. Shu bois mamlakat Milliy demografik barqarorlik strategiyasi ustida ishlamoqda, dedi Demografik chidamlilik konferensiyasida ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari. gazeta.uz »

2026-5-19 13:17

Toshkentdagi “Brodvey” rekonstruksiya qilinadi. Rasmiylar aholi va mutaxassislar fikrini inobatga olishga va’da bermoqda

Toshkent shahri hokimligi “Brodvey” nomi bilan mashhur bo‘lgan Sayilgoh ko‘chasi va unga tutash hududlarni kompleks rivojlantirish rejalarini e’lon qildi. Maqsad - piyodalar infratuzilmasi va sayr qilish hududlarini yaxshilash, shuningdek, xavfsiz va inklyuziv jamoat maskanlarini yaratishdir. gazeta.uz »

2026-5-6 08:19

Shahar muhitini yangilash va aholi manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni qanday topish mumkin?

To‘g‘ri renovatsiya poytaxtga ham yashash uchun qulay mavzelarni, ham bog‘ hududlarini, ham ijtimoiy obyektlarni va puxta o‘ylangan transport tizimini taqdim etishi kerak. III Toshkent urbanforumida shahar muhitini yangilash va aholi manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni izlash masalasi muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-5-6 21:39

Namangan va Toshkent osmonida noma’lum jism kuzatildi: aholi kuchli silkinish va tutunga guvoh bo‘lganini aytmoqda

Namangan va Toshkent osmonida jism qulashi kuzatildi. Namangan aholisi kuchli shovqin va yer silkinishi haqida xabar berdi, poytaxtda esa jism harakati videoga muhrlandi. Astronomiya instituti bu meteorit ekani tasdiqlanmagani, qoldiqlar bo‘lmasa, hodisa haqida aniq xulosa berib bo‘lmasligini aytdi. gazeta.uz »

2026-2-20 21:36

“Tashabbusli budjet” loyihalarini aholi va davlat sherikligi asosida moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi

1-fevraldan “Tashabbusli budjet”da ayrim loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi. Bunda aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foizi ixtiyoriy moliyalashtirilganda loyihalar g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika budjetidan moliyalashtiriladi. gazeta.uz »

2025-8-30 13:02

“Gazimiz uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi, agar aholi ko‘nikib qolgan iste’mol madaniyati bo‘lmaganida” — Azim Axmedxadjayev

“O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev sobiq energetika vaziri Alisher Sultonovning so‘zlariga izoh berar ekan, “agar aholi o‘rganib qolgan iste’mol madaniyati bo‘lmaganida, gaz uchta O‘zbekistonga yetgan bo‘lardi”, dedi. Ammo iqtisodchilar boshqa muammolarga ishora qilishadi. gazeta.uz »

2025-3-25 15:41

Inflyatsion kutilmalar: aholi va biznes eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashidan tashvishlanmoqda

Yanvarda aholining kelgusi bir yil uchun inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,4 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlarning kutilmalari pasaydi (-1 foiz). Aholi ham, biznes ham kelgusida narxlar oshishiga eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashishi sabab bo‘lishini qayd etgan. gazeta.uz »

2025-2-10 14:08

Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi

Teatrlarning ahamiyatini oshirishga doir qarorga ko‘ra, DAKT huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi va har yili jahon dramaturgiyasi asarlari bo‘yicha tanlovlar joriy etiladi. «Teatr - ibodatxonadir» dasturida Daftarlarga kiritilgan va nogironligi bor shaxslar spektakllariga bepul kiritiladi. gazeta.uz »

2024-12-5 20:58