Ðåçóëüòàòîâ: 188

Yagona portalda xalqaro kurerlik jo‘natmalari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin bo‘ldi

My.gov.uz portalida xalqaro kurerlik jo‘natmalari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu xizmat orqali fuqarolar joriy oyda qolgan bojxona limiti, jo‘natma nomi, raqami, vazni va qiymati, yuboruvchi hamda kurerlik tashkiloti nomi va STIR raqami haqidagi ma’lumotlarni onlayn ko‘rishi mumkin. gazeta.uz »

2026-1-1 15:04

“Ochiq osmon va raqobat O‘zbekiston aviatsiyasi rivojini tezlashtiradi” — Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi rahbari

Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi rahbari Uilli Uolsh O‘zbekistonning aviapark quvvatini oshirish va yangi aeroport qurish borasidagi rejalarini ijobiy baholadi. Ammo barqaror o‘sish uchun aviatashuvchilar bozorida qulaylikni ta’minlash (masalan, viza siyosati) va raqobatni kengaytirish muhim ekanini aytdi. gazeta.uz »

2025-12-10 09:05

“Lukoyl” AQSh sanksiyalari fonida xalqaro aktivlarini sotishini e’lon qildi

Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi AQSh sanksiyalaridan so‘ng o‘zining xalqaro aktivlarini sotmoqchi. Cheklovlarga 50 foizdan ortiq ulushi bo‘lgan shu’ba kompaniyalar ham tushgan. Sanksiyalar O‘zbekistondagi loyihalarga ham ta’sir qilishi mumkin, biroq kompaniya va Energetika vazirligi hozircha vaziyatga izoh bermadi. gazeta.uz »

2025-10-28 12:46

Toshkentda BAAning DP World kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro logistika terminali quriladi

“Toshkent Invest” va Dubayning DP World kompaniyalari poytaxtda zamonaviy multimodal logistika terminalini rivojlantirish va boshqarish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi. 80 gektardan ortiq majmuaga temiryo‘l quruq porti, bojxona rasmiylashtiruvi zonalari, omborlar va kross-doking majmualari kiradi. gazeta.uz »

2025-10-12 07:54

Polsha va AQShdan xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarolari ekstraditsiya qilindi

Polsha va AQShdan og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarolari ekstraditsiya qilindi. Zo‘rlash va o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatlari uchun qidiruvda bo‘lgan fuqarolar Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi. gazeta.uz »

2025-9-10 13:22

Apple Pay va Google Pay xalqaro bulutli servislarga nisbatan cheklov tufayli O‘zbekistonda ishga tushmayapti — Nika Kurdiani

TBC Uzbekistan bosh direktori bulutli servislar muammosini Apple Pay va Google Pay’ning O‘zbekiston bozoriga kirmayotganiga asosiy sabab sifatida keltirdi. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun kompaniyalarga ma’lumotlarni chet elda joylashgan serverlarda saqlashga ruxsat bermaydi. gazeta.uz »

2025-8-28 15:20

Yaponiyaning Sojitz kompaniyasi Toshkentdagi yangi xalqaro aeroportga 200 mln dollar investitsiya kiritadi

Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi Toshkentdagi yangi xalqaro aeroportga 200 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. U O‘zbekistonda elektr stansiyasi, shamol energetikasi, shifoxona, aeroport va boshqa loyihalar doirasida jami 1 milliard dollar investitsiya kiritishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-20 10:50

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash tizimiga ishonadimi? STADA xalqaro tadqiqoti natijalari

O‘zbekiston uchinchi marta sog‘liqni saqlash tizimidan aholining qoniqish darajasini o‘rganuvchi STADA Health Report tadqiqotida ishtirok etdi. O‘zbekistonliklar favqulodda holatlarda shifokorlarga ishonadimi,nima uchun dorixonalarga murojaat qilishadi va profilaktik tekshiruvdan o‘tishadimi - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-7-31 15:10

O‘shdagi Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetining 3 mingdan ortiq talabasi o‘qishdan chetlatildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida joylashgan Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetida 3167 nafar talaba o‘qishdan chetlatildi. Ta’lim sohasidagi korrupsiyani bartaraf etish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar doirasida O‘shdagi oliy ta’lim muassasalaridan 13 295 nafar talaba chetlatilgan. gazeta.uz »

2025-7-29 08:04

Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda

Ozarbayjon AZAL samolyotining 38 kishi o‘lishiga sabab bo‘lgan halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda, dedi Ilhom Aliyev. U Rossiyadan 7 oy davomida birorta ham aniq javob olmaganini va adolat qaror topishi kerakligini bildirdi. Bu hodisadan so‘ng ikki mamlakat aloqalari taranglashgan. gazeta.uz »

2025-7-21 10:14

Energetika, ittifoqchilikni mustahkamlash, xalqaro kun tartibi: Mirziyoyev va Putin telefon orqali gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, energetika, investitsiyalar kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. gazeta.uz »

2025-7-8 15:47

Toshkentda Xalqaro tijorat sudi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu qanday sud va u nima uchun kerak?

O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda. Uning vazifasi - investorlar huquqlarini himoya qilish, mahalliy sudyalar va advokatlar malakasini oshirishdan iborat. Sud xalqaro standartlarga muvofiq ishlaydi hamda tijorat nizolarini ko‘rib chiqishda shaffoflik va bashoratlilikni ta’minlaydi. gazeta.uz »

2025-6-30 10:21

O‘zbekiston Mobiuz mobil operatorini xalqaro xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi

Mobiuz mobil operatori uchun ochiq xalqaro xususiylashtirish jarayoni e’lon qilindi. Rothschild & Co, KPMG va Deloitte maslahatchi sifatida ishlaydi. O‘zbekistonning davlat ulushini olish uchun ariza beruvchilardan sanksiyalar ostidagi tuzilmalar bilan hamkorlik qilmaslik talab etiladi. gazeta.uz »

2025-6-9 18:24