Ðåçóëüòàòîâ: 176

Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchilarning ma’lumotlari bojxona postlariga oldindan yetkazilishi mumkin

Postlarda o‘tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadida xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni bojxonaga oldindan berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Natijada avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 baravar qisqaradi. gazeta.uz »

2025-2-24 19:12

O‘zbekistonda kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuziladi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekiston kichik AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tuzadi. Bunday stansiyalarni boshqa hududlarda ham qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. “Prezident islohotlari katta miqdordagi elektrni talab qiladi, atom energetikasi esa iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydi, deb hisoblaymiz”, - dedi “O‘zatom” rahbari. gazeta.uz »

2025-2-11 09:48

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan kurash sport turini ommalashtirishga oid bir qancha chora-tadbirlar belgilandi. Unga ko‘ra, 2026-yildan boshlab Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish Toshkent hokimligi byudjetidan respublika byudjetiga o‘tkaziladi hamda har yili 4,5 mlrd so‘m ajratiladi. gazeta.uz »

2024-12-23 08:35

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida rekonstruksiya ishlari boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi. Bino old fasadi oldinga suriladi, natijada terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengayadi. Ushbu bosqichda yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-11-20 15:19

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilmoqda. Bunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun tiflotexnik vositalar, taktil piktogrammalar, tovush va taktil mimik diagrammalar, axborot vositalari, yordam chaqirish tugmalari joylashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-10-5 09:07