Ðåçóëüòàòîâ: 448

O‘zbekiston savdo kelishuvlari doirasida AQShning bir qator tovarlari uchun tariflarni pasaytiradi

O‘zbekiston Amerikaga oid sanoat mollari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining keng ro‘yxati uchun tariflarni bekor qilish yoki kamaytirish majburiyatini oldi. AQSh esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston tovarlariga nisbatan tarif choralarini Amerika qonunchiligi doirasida “ijobiy ko‘rib chiqish” niyatida. gazeta.uz »

2026-6-27 13:01

Soliq xarajatlari: nima uchun imtiyozlar budjet siyosatining bir qismi sifatida qaralishi kerak?

Soliq imtiyozlari biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida qaraladi. Lekin iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ularning aksariyati budjet xarajatlaridir. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish instituti rahbari Abbosbek Jo‘rayev nega O‘zbekistonga soliq xarajatlari bo‘yicha shaffof hisobotlar zarurligi haqida. gazeta.uz »

2026-6-8 13:36

“Bir necha bor tegishli tashkilotlarga murojaat yuborilgan”. Toshkent metrosi — elektron panduslar ishlamayotgani haqida

Tarmoqlarda Toshkent metrosi bekatlaridagi elektron panduslar ishlamayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Metropoliten bayonotiga ko‘ra, Texnopark tomonidan o‘rnatilayotgan qurilmalar hali to‘liq sozlab bo‘linmagan, jarayonni tezlashtirish uchun esa tegishli idoralarga bir necha bor rasmiy xatlar chiqarilgan. gazeta.uz »

2026-6-8 06:40

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qancha tumanlarida keng ko‘lamli elektr uzilishi kuzatildi

Payshanba kuni poytaxtning bir qator tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha bo‘lmadi. Energetika vazirligi bunga Toshkent IESdagi transformatorning nosozligi sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shaharda svetoforlar ishlamadi, uylarda suv ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Uzilish metroga ham ta’sir ko‘rsatdi. gazeta.uz »

2026-6-4 12:11

Suv va ichimliklarni markirovkalash tizimidagi agregatsiya bir yilga kechiktirildi

O‘zbekistonda suv va alkogolsiz ichimliklarni raqamli markirovkalash tizimida agregatsiyani joriy etish muddati bir yilga - 2027-yilning 1-apreligacha uzaytirildi. Bozor ishtirokchilari sohaning bunga tayyor emasligi, mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagani va umuman, jarayonning keraksiz ekanini ma’lum qilgandi. gazeta.uz »

2026-5-20 20:36

10-mayda Toshkentda bir oylik yog‘ingarchilik me’yorining yarmidan ko‘pi yog‘ib o‘tdi

Yakshanba kuni yoqqan kuchli va davomli jala Toshkentda yana jiddiy suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Joylarda yog‘in miqdori 35 mm ga yetdi, vaholanki may uchun me’yor 44 mm ni tashkil qiladi. Hokimlik shahardagi yomg‘ir suvlarini chiqarib yuborish tizimini sutkasiga 20 mm dan 36 mm gacha oshirishni reja qilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-11 13:33

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi bir vaqtning o‘zida Jazoirdagi birinchi elchi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev Jazoirdagi birinchi elchi etib tayinlandi. U Jazoir tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Tomonlar savdo, sanoat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-5 16:12

Balkonda kir yoyish taqiqlanadi, BSK haftada bir marta “pod’ezd”ni tozalaydi. Ko‘p qvartirali uylar uchun yangi qoidalar tasdiqlandi

Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari joriy etildi. Unga ko‘ra, boshqarish organlari haftada 1 marta uylarning kirish yo‘laklari va lift xonalarini tozalashi kerak. Uylarga tutash yerlarda bolalar o‘ynashi, katta yoshdagi aholining dam olishi uchun maydonchalar bo‘lishi kerak. gazeta.uz »

2026-4-30 15:45