Ðåçóëüòàòîâ: 448

“Xalq va armiya — bir tanu bir jon”. Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni bilan tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Qurolli kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi. Prezident geosiyosiy vaziyat murakkablashgan sharoitda armiyani SI bilan ta’minlash, raqamlashtirish hamda harbiylarni ijtimoiy himoya qilish ishlari kuchaytirilishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-1-14 09:54

“80% masala yechimi bir joyda”. O‘zbekistonda “Biznes hamroh” markazlari tashkil etiladi

Prezident Ozarbayjon misolida SSP huzurida “Biznes hamroh” markazlarini tashkil etishni ma’qulladi. Ular biznesni ro‘yxatga olishdan to eksportgacha qo‘llab-quvvatlab, “yagona darcha” tamoyili asosida barcha davlat va xususiy xizmatlarni taqdim etadi. Tadbirkorlar “bir joyda 80% muammosini hal qila oladi”. gazeta.uz »

2025-12-1 19:53

Deputatlar Ma’muriy kodeksga bir qator o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar Ma’muriy kodeksga o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Ular odometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartirganlik uchun javobgarlik, bolalar ishtirokidagi ma’muriy ishlarni ko‘rishda psixolog ishtiroki, maxsus huquqlardan mahrum qilish muddatini qisqartirish va sudyadan voz kechish huquqini nazarda tutadi. gazeta.uz »

2025-11-27 09:06

O‘n bir metr

O‘zbekiston MTJ BAAdagi turnirda g‘alaba qozonib, jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichini yakunladi. Mart oyidagi navbatdagi yig‘inga qadar muxlislarda O‘zbekistonning AQShdagi istiqbollariga ijobiy nuqtai nazardan qarashga umid paydo bo‘ldi, deb hisoblaydi Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarov. gazeta.uz »

2025-11-19 09:15

To‘xta, bir lahza!

JCHga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi Misrni 2:0 hisobida mag‘lub etib, BAAdagi Al Ain Cup finaliga chiqdi. Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarovning fikricha, yarim himoyachi Oston Urunovning o‘yini joriy mavsumda milliy futbolimizning eng yaxshi namunalaridan biri bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-11-15 08:19

BMT O‘zbekiston va YUNESKOni Samarqanddagi eski mahallaning bir qismi buzilgani va majburiy ko‘chirishlar uchun tanqid qildi

BMT Samarqanddagi Moturidiy maqbarasi ta’miri doirasida Jahon merosi obyekti bo‘lmish mahallaning bir qismi buzilgani, 1200 kishi joyidan ayrilganini aytib, O‘zbekiston va YUNESKOni tanqid qildi. Tashkilot bosim, qo‘rqitish, majburiy ko‘chirish yuz bergani va obyektning ro‘yxatdan o‘chirilish xavfini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-11-2 16:31

Samarqandda “Nasaf” muxlislari avtomobili YTHga uchradi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamoasining o‘yinini ko‘rish uchun Namanganga borgan va ortga qaytayotgan “Nasaf” muxlislarining avtomobili halokatga uchradi - haydovchi uxlab qolishi oqibatida mashina tuproq uyumiga borib urildi. Bir kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizildi. Futbol klubi holat yuzasidan ta’ziya bildirdi. gazeta.uz »

2025-10-31 18:59