Amirsoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi
Toshkent viloyatidagi Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining bir qismida harakat 12-yanvargacha bir tomonlama tashkil etiladi. gazeta.uz »
áèð - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkent viloyatidagi Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining bir qismida harakat 12-yanvargacha bir tomonlama tashkil etiladi. gazeta.uz »
Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 27-dekabrga o‘tar kechasi uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgan. gazeta.uz »
2024-yil davomida 8289 ta holatda elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi, ularda 1 trln 409 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Qoidabuzarlik qilgan 51 ta gaz zapravkaning litsenziyasi bekor bo‘ldi, 1,5 mingdan ortiq iste’molchiga bayonnoma tuzildi. gazeta.uz »
Soxta tadbirkorlik, narx manipulyatsiyasi va soliqdan qochish sxemalari ustidan nazoratni kuchaytirish orqali besh yil ichida yashirin iqtisodiyotni ikki barobar qisqartirmoqchimiz, dedi Soliq qo‘mitasi vakili. gazeta.uz »
Albaniya hukumati ijtimoiy tarmoqdagi janjaldan so‘ng 14 yoshli o‘smirning o‘ldirilishi ortidan TikTok faoliyatini taqiqladi. Cheklov 2025-yil boshida kuchga kiradi va bir yil amalda bo‘ladi. Platformaning o‘zi qotillik va TikTok`ning bog‘liqligini rad etmoqda. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Video. gazeta.uz »
Abxaziya parlamenti binosi yaqinida ro‘y bergan otishmada ikki deputat yaralanib, ularning biri vafot etdi. OAV parlamentning boshqa bir deputati otishmada gumonlanayotgani haqida xabar berdi, u voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Kecha kechqurun Yunusobod tumanida ham xuddi shu rusumdagi avtobus yonib ketgandi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi, to‘rt kishi tan jarohati oldi, yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olindi. Portlashga suyultirilgan gazni quyish paytida texnologik jarayon va texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Toshkent metropoliteni birinchi marta bir kunda 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Millioninchi yo‘lovchiga poytaxt jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi. gazeta.uz »
Konstitutsiya - “xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli”, dedi prezident Konstitutsiya kuni bilan tabrigida. “Bu noyob qomusning har bir moddasini o‘rganish, ularga hurmat, mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish barchamiz uchun muqaddas burch va mezonga aylanishi kerak”, - dedi u. gazeta.uz »
Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi. gazeta.uz »
Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan 10 dan ortiq o‘zbekistonlik ortga qaytib keldi. Hamma o‘z hisobidan chipta sotib olishga majbur bo‘ldi. “Ushlab turishlar aynan Abu-Dabida sodir bo‘lmoqda. gazeta.uz »
Markaziy bank shubhali operatsiyalarning oldini olish uchun bir shaxsga beriladigan kartalar sonini vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston Markaziy banki bir foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini cheklamoqchi. Regulyator raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayevning ta’kidlashicha, ayrim mijozlar yuzlab kartalarga ega bo‘lib, bu firibgarlar tomonidan kartalardagi mablag‘ o‘zlashtirilishiga olib kelmoqda. gazeta.uz »
Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan “avariya”da skuter haydovchisi jarohatlandi. U tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan. gazeta.uz »
Har kuni dunyo bo‘ylab 140 nafar, har 10 daqiqada o‘rtacha 1 nafar ayol yoki qiz yaqin insoni qo‘lidan halok bo‘lmoqda. BMT Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunida (25-noyabr) shu kabi ma’lumotlarni e’lon qildi. gazeta.uz »
Ta’mirlash ishlari sabab Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 25-dekabrgacha yopiladi. gazeta.uz »
Toshkentda tashkil etilgan NeUyat ko‘rgazmasi 14-dekabrga qadar uzaytirildi. Uning kuchli jihati shundaki, ekspozitsiyada nafaqat ayollarga nisbatan zo‘ravonlik turlari, balki uni qabul qilmaydigan insonlarni ham ko‘rish mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz” muxbiri Viktoriya Abdurahimova. Foto. gazeta.uz »
Prezident qonunosti hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda har doim ham qonun talablariga rioya etilmayotganidan noroziligini bildirdi. 2018-yilda barcha hujjatlar loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish talabi kiritilgandi, ammo 2022-yil mart oyida bu talab o‘zgartirilgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida jamoa faqat bir taym yaxshi o‘ynayotgani haqidagi savolga javob berdi. “90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo‘lsa kerak”, - dedi u. Shuningdek, murabbiy maydon sifatini tanqid qildi. gazeta.uz »
Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili 171-sonli avtobus bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga jarohat yetmagan. gazeta.uz »
“Gazeta.uz” Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan ulardan ushbu sanani nishonlash, bir oyda qancha mablag‘ sarflashlari hamda talabalik hayoti haqida so‘radi. gazeta.uz »
Energetika vazirligi va Masdar (BAA) o‘rtasida COP29 sammiti davomida Uchquduq tumanida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Loyiha yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar 8-sinf o‘quvchisini o‘g‘irlab ketib, bir necha kun ushlab turishgan va zo‘rlashgan. Bu vaqtda ular qizni kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlagan. gazeta.uz »
Dushanba kuni Toshkentning Uchtepa tumanida King Long rusumli “garmoshkali” avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketdi. Kechga yaqin yana bir avtobus Lacetti bilan to‘qnashdi. Hozirda ikkala holat ham IIBB YHXB tomonidan o‘rganilmoqda. gazeta.uz »
O‘tgan sutkada Rossiyaning Ukrainaga hujumlari oqibatida 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Xarkovda turar joy binosining uch qavati vayron bo‘ldi. Zaporoje shahrida ham ko‘p qavatli uyga zarar yetkazildi, 9 kishi, jumladan, bir yoshli bola halok bo‘ldi, shaharda motam e’lon qilindi. gazeta.uz »
JSTga a’zolik masalasida “tashkilotga yaqinda a’zo bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralar olib borish osonroq, chunki ular bu jarayon naqadar murakkab ekanini hali unutishmagan”, - dedi prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov. U, shuningdek, notarif to‘siqlar muammosiga ham to‘xtaldi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida yo‘l qurilish ishlari sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh qismi 5-dekabrgacha yopiladi. gazeta.uz »
Yashnobod tumanida yo‘l qurilish ishlari sababli KHAYning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh qismi 5-dekabrgacha yopiladi. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Bekobod tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni o‘tgan deputatlik saylovlarida bir kishiga bir qancha Dang‘ara tumanidagi 541-saylov uchastkasi saylov komissiyasi a’zosi sudlandi. Sud unga 375 ming so‘m jarima jazosini tayinladi. gazeta.uz »
2023-yil kuzidan beri O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan Dilshod Axatov ayni paytda Shveysariyaga ham elchi etib tayinlandi. gazeta.uz »
Senat raisi Tanzila Narbayeva deputatlar saylovida ovoz berdi. U “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ovoz berishning ahamiyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining avvalgi tarkibi nimalar bilan e’tiborga sazovor bo‘lgani va yangi tarkibdan nimalarni kutish mumkinligi haqida so‘zladi. gazeta.uz »
Yandex Uzbekistan va Express24 yagona texnologik platformani yaratish bo‘yicha bitim imzoladi. Bunda Yandex Go`dagi Eats va Express24 xizmatlari yagona texnologik platformaga o‘tadi. Express24 ilovasi o‘z faoliyatini davom ettiradi. gazeta.uz »
Buyuk Britaniya 2025-yil 1-iyundan bir martalik veyplarni sotishni taqiqlaydi. Bu chora o‘smirlarni himoyalash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan. Taqiqning kiritilishi jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. gazeta.uz »
Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV tizimidagi bir guruh xizmatchilarni mukofotladi. Xususan, sobiq vazir Zakirjon Almatov xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini oldi. gazeta.uz »
O‘zbekiston tomonidan 2014-yilda qidiruvga berilgan 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi. U jinoiy uyushma tashkil etish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan. gazeta.uz »
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining cho‘lda bir ayolni kaltaklab, “samosud” qilayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Navoiy viloyati IIBdan “Gazeta. uz"ga ma’lum qilishlaricha, ayolni kaltaklagan shaxs qamoqqa olingan. gazeta.uz »
Qo‘shrabot tumanida gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning o‘g‘li hamda qizi vafot etdi. Portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi dekabr oyi oxirigacha yopildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan. gazeta.uz »
Server O‘smanov 2017-yili Samarqandning bir chekkasida ko‘chatxona ochadi. Bir yil o‘tib uning yashil kolleksiyasida besh tup lavanda paydo bo‘lgan. Hozir esa uning gektarlik lavandazoriga har yili yuzlab odam keladi. gazeta.uz »
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Avtotransport oqimi bir oyga to‘rt chiziqli yo‘ldan faqat ikkitasiga yo‘naltiriladi. Bu paytda yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlari o‘tkaziladi. gazeta.uz »
Qishloq xo‘jaligi vazirining sobiq o‘rinbosari Azimjon Nazarov sud tomonidan bir nechta jinoyatda aybdor deb topildi. Nazarov 550 ming dollardan ortiq miqdoridagi zarar yetkazgani aniqlangan. Sud unga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. gazeta.uz »
Olmazor tumanida Matiz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 40 yoshli Spark haydovchisi halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga olib ketildi. gazeta.uz »
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov prezident shahardagi har bir tumanning bosh rejalarini ishlab chiqish taklifini berganini ma’lum qildi. Shuningdek, Toshkentda arxitektorlar tayyorlash uchun shaharsozlik instituti, tirbandliklarni bartaraf etish bo‘yicha Yo‘llarni boshqarish departamenti tashkil etish rejasi aytildi. gazeta.uz »
“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovlari vaqti 8-oktabrdan boshlab bir soat oldinga ko‘chiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohlagandi. gazeta.uz »
Oliy Majlis deputatlari va senatorlari 1 kunning o‘zida “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi va ma’qulladi. Unda kreativ iqtisodiyot sohalari sifatida 15 ta yo‘nalish belgilangan, sohani rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi va kreativ industriya parklarini tashkil etish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan xodimlardan bir guruhini faxriy unvon, medal va ordenlar bilan mukofotladi. gazeta.uz »