Ðåçóëüòàòîâ: 88

Qashqadaryoda yo‘ldan o‘tayotgan o‘quvchini urib ketishiga bir baxya qolgan haydovchi haydash huquqidan 1 yilga mahrum etildi

Shahrisabz tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan o‘quvchiga yo‘l bermay, xavfli vaziyat keltirib chiqargan 68 yoshli Damas haydovchisi jazolandi. Unga nisbatan BHMning 25 baravari miqdorida jarima va transport boshqarish huquqidan 1 yilga mahrum etish jazosi tayinlandi. gazeta.uz »

2025-9-13 08:44

“Ko‘zida qon, badanida ko‘kargan joylari bor edi” — Qashqadaryoda mashina ichida qolib vafot etgan bog‘cha tarbiyalanuvchisining yaqinlari

Qashqadaryoda bog‘chaga olib ketilgan 2 yoshli qizaloqning vafoti yuzasidan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib boryapti. Marhumning ota-onasi bolaning tanasida shikastlanishlar borligini ta’kidlab, voqea haqida kech xabardor qilingani va ekspertizaga chaqirtirilmaganidan noroziligini bildirmoqda. gazeta.uz »

2025-6-30 17:46

Qashqadaryoda asosiy yo‘llar rekonstruksiyalanib, “yashil belbog‘” yaratiladi

Prezident Qashqadaryo yo‘l tarmog‘ini masshtabli rekonstruksiyalashni boshlashni buyurdi. “G‘uzor - Buxoro - Nukus - Beyneu” avtoyo‘lining 100 km, to‘rt tasmagacha kengaytirib “Qarshi - Shahrisabz - Kitob” trassasining 106 km lik qismini, “Toshkent - Termiz” yo‘lining bir qismini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-6-20 18:12

Qashqadaryoda 28 yoshli bemor xususiy poliklinikada olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi

Shahrisabz tumanida tomog‘i shishganidan shikoyat qilib xususiy poliklinikaga borgan 28 yoshli ayol olgan muolajasidan so‘ng vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, shifokor unga “Seftriakson” antibiotigi va “Deksametazon” preparati aralashmasidan in’eksiya yuborgan. Hozirda o‘lim holati bo‘yicha tergov ishlari ketmoqda. gazeta.uz »

2024-11-8 15:16

Qashqadaryoda paxta terimiga chiqmaganlarga bola puli berilmasligini aytgan mahalla raisi jarimaga tortildi

Shahrisabz tumanidagi “Paxtakor” MFY raisi Telegram`dagi guruhda ishsiz fuqarolarni paxta terishga chaqirib, kelmaganlarga bola puli berilmasligini aytdi. Holat bo‘yicha mahalla raisiga chora ko‘rildi, u fuqarolarni majburiy mehnatga undagani uchun 18,7 mln so‘m jarimaga tortildi. gazeta.uz »

2024-10-10 16:03