Javohir Sindarov klassik shaxmatda to‘qqiz oy ichida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
Javohir Sindarov Super Chess Classic Romania turnirining ikkinchi turida hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Pragnanandhaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu uning o‘tgan yilning sentabr oyidan buyon klassik nazoratdagi ilk mag‘lubiyatidir - bungacha u ketma-ket 53 ta partiyada mag‘lub bo‘lmagandi. gazeta.uz »

















