2024-yilda O‘zbekistonda 2200 dan ortiq odam YTHda halok bo‘ldi
O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta YTH rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 8901 kishi jarohatlangan va 2203 kishi halok bo‘lgan. gazeta.uz »
äàí - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta YTH rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularda 8901 kishi jarohatlangan va 2203 kishi halok bo‘lgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti"ga o‘tmoqda. Ta’kidlanishicha, Angliya klubi futbolchini 40 mln yevroga sotib olyapti. “Gazeta.uz” 2024-yil yozida Abduqodir Husanovdan intervyu olgandi. Intervyudan bir parcha e’tiboringizga havola qilinadi. gazeta.uz »
Sentabrda chorrahada piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 yilga (maksimal 7 yildan) qamaldi. YTH vaqtida u 112,7 km/s tezlikda harakatlanib, yana qator qoidabuzarliklarni sodir etgan. O‘g‘irlik uchun o‘talmagan jazo muddati inobatga olindi va u 6 yil 24 sutkani koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi. gazeta.uz »
2024-yilda muomaladagi naqd pul ulushi 21,5% dan 19,2% gacha kamaydi, deb xabar qildi Markaziy bank. Kartadan pul yechib olish ulushi ham pasaydi. gazeta.uz »
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida ikki holatda 717 dona bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Ular shohlarni deklaratsiyada yozib ko‘rsatmagan va og‘zaki so‘rovda ham ma’lum qilmagan. gazeta.uz »
Qanot Sharq aviakompaniyasi A320 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish tufayli yanvar-mart oylariga mo‘ljallangan 20 dan ortiq reysini to‘xtatadi. Ularning aksariyati O‘zbekiston shaharlaridan Moskva va Sankt-Peterburgga borib qaytish reyslaridir. gazeta.uz »
Afg‘onistonning Balx viloyatiga “Salomatlik” poyezdida borgan o‘zbekistonlik shifokorlar uch kun davomida 1300 dan ortiq aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Foto. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 2024-yilda 52 ming 706 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan. Ularning 1800 nafari 8 ball, 22 nafari esa maksimal - 9 ballni qo‘lga kiritgan. gazeta.uz »
Adliya vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi e’lon qilgan media mahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagani va yuridik kuchga ega emasligini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Ohangaron shaharlaridagi tezkor tadbirlar davomida, xususan, Tojikistondan olib kelingan 10 kilogrammdan ortiq gashish va opiyni musodara qildi. gazeta.uz »
Isroil Suriyadagi eng muhim 250 dan ortiq harbiy obyektga, jumladan, Rossiya bazalari joylashgan Latakiyaga havo hujumlarni uyushtirdi. Avvaroq Isroil harbiylari 50 yil ichida birinchi marta Suriya hududiga kirgandi. gazeta.uz »
Gruziyada 5 kundan beri hukumatning YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish qaroriga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda. Politsiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar bunga javoban barrikadalar qurib, mushak otmoqda. Bunda jami 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Tbilisida Yevropa integratsiyasi bo‘yicha muzorakalarning bekor qilinishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ikki kunda 150 dan ortiq kishi qo‘lga olindi, 10 nafar politsiyachi jarohatlandi. gazeta.uz »
BMTning Afg‘onistondagi missiyasi “Tolibon” uch yil avval hokimiyatni qo‘lga olganidan buyon jurnalistlarni o‘zboshimchalik bilan 256 marta hibsga olganini ma’lum qildi. Shuningdek, u yerdagi rasmiylarni ommaviy axborot vositalarini himoya qilishga chaqirdi. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Matiz tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 83 yoshli fuqaroni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari 60 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Hukumat uch kunlik motam e’lon qildi. gazeta.uz »
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev so‘nggi 4 yilda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin yosh IELTS`dan 7 balldan baland natija qayd etganini ma’lum qildi. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 9 ballik natija qayd etganlar yoshlar soni 30 nafarga yetgan. gazeta.uz »
Seshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinda BAAni kichik hisobda mag‘lub etdi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari Yevgeniy Sorochin va Murod Yusuf o‘yinning e’tiborga molik lahzalarini suratlarga muhrladi. gazeta.uz »
Toshkentda PM2,5-mayda zarrali changlar ta’siri oqibatida yiliga 3042 kishi bevaqt vafot etmoqda. Jahon banki hisobotida qayd etilishicha, aholi salomatligiga yetkazilayotgan zarar 488,4 mln dollarga baholanmoqda. gazeta.uz »
AQSh janubi-sharqida sodir bo‘lgan “Helen” to‘foni 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi. Bir qator shtatlarda 850 mingdan ortiq aholi elektrsiz qolmoqda. gazeta.uz »
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 30 nafardan ortiq bog‘cha tarbiyalanuvchisini Hyundai Starex mikroavtobusida tashigan haydovchiga chora ko‘rildi. gazeta.uz »
Yangiyo‘l tumanining Tuyabo‘g‘iz qishlog‘ida fuqaro uyida noqonuniy saqlanuvchi 30 dan ortiq kobra ilon qochib ketdi (Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, qo‘yib yuborilgan). Hozirda ishchi guruh xonadonlarda dorilash ishlarini olib bormoqda, fuqarolarga uy hayvonlarini vaqtincha tutqunlikda saqlab turish tavsiya qilindi. gazeta.uz »
Samarqand shahrida Tracker-2 haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar 2050-yilga kelib 39 milliondan ortiq odamni o‘ldirishi mumkin. Ayniqsa, keksalar superbakteriyalarga zaif bo‘ladi. gazeta.uz »
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab transportlar uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan jami 12 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Ularning qatnov va oraliq vaqti uzayishi mumkin, deb ogohlantirdi Transport vazirligi. gazeta.uz »
Toshkentda o‘tgan Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida 15 ta davlatdan 27 haykaltarosh ishtirok etdi. Bir oy davomida ular global ekologik muammolarni aks ettiruvchi 20 dan ortiq haykalni yaratdi. Ular Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va sayyohlik markazlariga o‘rnatiladi. gazeta.uz »
Namibiya hukumati 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil, begemot va zebralarni o‘ldirish rejasini tasdiqladi. Ularning go‘shti mamlakatda yuz bergan so‘nggi 100 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik fonida oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lgan jamoalarga tarqatiladi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar kuni oldidan 104 nafar ishbilarmonni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha farmoyish chiqardi (ro‘yxat). gazeta.uz »
Chilonzorda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxsning uyidan qariyb 240 ming dollar va 482 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Oqibatda piyoda jarohat oldi. Surishtiruv ishlari boshlandi. gazeta.uz »
1-noyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumush, 65 grammgacha bo‘lgan tilla tayyor zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, undan yuqori og‘irlikdagilarini esa deklaratsiya asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahrida Damas’ning orqa eshigini ochib, sakrab tushgan yo‘lovchini qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan boshqa Damas bosib ketdi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Andijon shahrida Cobalt haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
S&P birinchi marta O‘zbekistondagi eng yirik korxona hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga kredit reytingini berdi. 2023-yilda NKMK dunyodagi to‘rtinchi yirik oltin qazib oluvchi (90,2 tonna) bo‘lgandi, biroq suv bilan bog‘liq, shuningdek, bitta konga qaramlik xavflari mavjud. gazeta.uz »
Soliq qo‘mitasi E-aktiv (E-ombor) tizimidan joriy etish murakkabligi tufayli voz kechdi, dedi tashkilot raisi Sherzod Kudbiyev. U, shuningdek, mahallalarda sotiladigan preparatlar ma’lumotlarini taqdim etuvchi dorilar markirovkasi va dorilarga QQS qaytarilgandan keyingi o‘zgarishlar haqida gapirdi. gazeta.uz »
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida diniy yig‘inda yuz bergan tiqilinchda kamida 121 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etdi. gazeta.uz »
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu yil Haj vaqtida 1301 kishi vafot etdi. Ularning aksariyati ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilar bo‘lib, jaziramada uzoq vaqt qolib ketgan. gazeta.uz »
Qurbon hayiti munosabati bilan 16-iyun kuni Toshkentdagi metro va avtobuslar soat 03:00 dan ish boshlaydi. Ular soat 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. gazeta.uz »
Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi. gazeta.uz »
Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga plastik butilkalardan tortib go‘nggacha bo‘lgan turli xil axlatlarga to‘ldirilgan 200 dan ortiq sharni uchirdi. KXDR buni janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga qarshi qaratilgan varaqalarga javob deya atadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 2023-yilda davlat tashkilotlari jami 6,6 mlrd so‘mlik 3400 dan ortiq smartfon sotib oldi. Ular orasida eng so‘nggi rusumdagi iPhone 15 Pro Max smartfonlari ham bor. budjet tashkilotlarining bu xaridlari bosh vazirning 2023-yil 5-yanvardagi topshirig‘iga zid ravishda ro‘y bergan. gazeta.uz »
Papua-Yangi Gvineya shimolidagi ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda mamlakat rasmiylari. Hududdagi og‘ir sharoit va telekommunikatsiyalar yetishmovchiligi sababli ofat ko‘lamini aniqlash qiyin kechmoqda. gazeta.uz »
Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda. gazeta.uz »
Afg‘oniston shimolida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari yuz berib, kamida 150 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Hodisadan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rdi. Uyidan ayrilgan oilalarga chodir, ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat tarqatilmoqda. gazeta.uz »
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nima uchun “kvartplata”dan qarzdor xonadon egalarini elektrdan uzish reja qilinayotganini tushuntirdi. Yangi tizim eksperiment tariqasida Navoiydan boshlanadi, ammo buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. gazeta.uz »
Chilonzor tumani sudi 40 yoshli ayolni firibgarlik bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika mahsulotlarini xarid qilib kelgani uchun 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. U bungacha ham 12 marta sudlangan. gazeta.uz »
“Toza havo” oyligi doirasida 10 kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab 60 mingga yaqin avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi. Bunda 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqargani aniqlandi. 300 dan ortiq haydovchi jarimaga tortildi. gazeta.uz »
Energetika vazirligi va JB jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini taqdim etdi. Kelgusi besh yilda shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalarida termoizolyatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik yaxshilanadi, shuningdek, ko‘mir qozonlari quyosh kollektorini isitish tizimlariga almashtiriladi. gazeta.uz »