Ðåçóëüòàòîâ: 242

Futbol ko‘rayotgan bolalar, o‘qituvchilar va vazir: maktablarda tashkil etilgan muxlislar maydonlaridan reportaj

O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi uchrashuvni mamlakatdagi 14 ta umumta’lim maktabida tashkil etilgan muxlislar maydonlarida jami 2,5 mingga yaqin inson tomosha qildi. Jumladan, ta’lim vaziri E’zozxon Karimova xodimlar bilan Toshkentdagi 12-maktabda jonli efirda futbol ko‘rdi. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-6-18 20:33

Sanoatlashgan bog‘ tashkil etilmagan yerlar uchun soliq stavkalari oshirilishi mumkin

Prezident intensiv sanoatlashgan bog‘larni ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sohani rivojlantirishga oid bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, 12 oy davomida sanoatlashgan bog‘ tashkil etilmagan maydonlar uchun yer va suv solig‘i stavkalarini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2026-5-14 20:23

O‘zbekistonda ko‘ngilli qutqaruvchilar guruhlari tashkil etiladi, ularga FVV akademiyasiga kirishda imtiyoz beriladi

O‘zbekistonda volontyorlar va ko‘ngilli qutqaruvchilar “Favqulodda vaziyatlar volontyori” jamoatchilik guruhlariga jalb etiladi. Ularga berilgan tavsiyanoma asosida FVV akademiyasiga o‘qishga kirishda o‘zlari to‘plagan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-20 07:48

Fanlar akademiyasi dendrologiya bog‘i tashkil qilish uchun Toshkentga 190 gektar yer berdi — hokimlik

Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek tumanining Ulug‘bek shaharchasidagi 190 gektar yer maydonidan ixtiyoriy ravishda voz kechdi, shundan so‘ng ushbu hudud shahar zaxirasiga o‘tkazildi. Mazkur maydondan “Toza havo” dasturi doirasida dendrologiya bog‘ini barpo etish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-13 14:52

Soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi

Qamchiq dovoni yopilgach, o‘z manziliga yetolmagan yo‘lovchilar uchun soat 01:00 da ham Toshkent-Pop yo‘nalishida qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi. Popga borgach, poyezd vodiydan Toshkentga ketayotgan yo‘lovchilarni ham olib qaytadi, deya ma’lum qildi FVV. Dovonda kechki soatlarda 12 ta qor ko‘chkisi aniqlangan. gazeta.uz »

2026-2-13 22:09

O‘zbekistonda yanvardagi inflyatsiya 0,7% ni tashkil etdi. Oy va yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda yanvardagi inflyatsiya 0,7% ni, yillik hisobda esa 7,2% ni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi. Go‘sht, sut, tuxum qimmatlashdi, guruch va oq qand narxi pasaydi. Avtosug‘urtaning o‘rtacha narxi 381,8% ga, mobil aloqa xizmati narxlari esa 2,4% ga (yil davomida - 17,9%) oshdi. gazeta.uz »

2026-2-7 20:05

Toshkentda tirbandlik va YTHlarni kamaytirish bo‘yicha markaz tashkil etiladi

Poytaxtda yagona yo‘l harakatini tashkil etish markazi ishga tushadi. U transport va piyodalar oqimlarini tahlil qiladi va intellektual transport tizimini joriy etadi. Tizim tirbandliklarni bashorat qilish, marshrutlarni optimallashtirish va svetofor fazalarini adaptiv tarzda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-3 15:56