Ðåçóëüòàòîâ: 253

“Prezidentdan yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar oldik” — Avtoyo‘l rahbari

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunovning aytishicha, prezident topshirig‘i bilan 4000 km lik respublika yo‘llari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. “Dastur doirasida qayerda ikki pog‘onali chorrahalar, qayerda tunnellar, qayerda yerosti va yerusti o‘tish joylari qurilishi aniqlanadi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-7-10 18:57

Toshkentda Hududlarning arxitektura va shaharsozlik qiyofasini rivojlantirish markazi tashkil etiladi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Hududlarning arxitektura va shaharsozlik qiyofasini rivojlantirish markazi ochiladi. Ko‘cha va jamoat parklarining dizayn kodi ishlab chiqiladi, qurilish obyektlari tartibga solinadi, aholiga noqulaylik tug‘diruvchi salbiy omillar bartaraf etiladi. gazeta.uz »

2025-7-3 13:32

“Shunday klinikalarni 14 ta hududimizda tashkil etish zarur”. Prezident — Shahrisabzdagi kardiologiya markazi haqida

Shahrisabzda “Oq saroy” ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi ochilib, unga sun’iy intellektga ega ekokardiografiya apparati o‘rnatildi. Tashrif chog‘ida prezident O‘zbekistonning har bir hududida shunday klinikalar tashkil etishni buyurdi. “Bunga qancha mablag‘ kerak bo‘lsa, topamiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-6-19 19:57

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi, Jahongir Ahmedov uning direktori bo‘ldi

Prezident qarori bilan Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi. Unga rejissyor Jahongir Ahmedov direktor etib tayinlandi. Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan kontentni tahlil qiladi va mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi. gazeta.uz »

2025-5-15 13:37

Endi tomorqalarda ishlarni tashkil qilish bilan hokim yordamchilari shug‘ullanadi

O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Har bitta mahalla bankiriga to‘rtta mahalla biriktiriladi. Hokim yordamchilari ishini “jonlantirish va yangi turtki berish” maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi. gazeta.uz »

2025-2-4 13:42