Ðåçóëüòàòîâ: 253

O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari va bukmekerlikni tashkil etish bo‘yicha talablar tasdiqlandi. Asosiy qoidalar

Hukumat O‘zbekistonda qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish uchun talab va shartlarni tasdiqladi. Tashkilotchilar uchun litsenziya muddati 5 yil etib belgilandi, ularning ustav kapitali kamida 56,25 mlrd so‘m bo‘lishi shart. Shuningdek, bir qator taqiq va cheklovlar ham belgilangan. gazeta.uz »

2024-12-16 10:06

Toshkentdagi pulli “parkovka”larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi

Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori - 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum? gazeta.uz »

2024-11-25 13:16

SSV huzurida Xaridlar markazi tashkil etilib, dorilar 15 oylik talab asosida xarid qilinadi

SSV huzurida dorilarini ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi Xaridlar markazi tashkil etilmoqda. Shifoxonalar uchun dorilar 15 oylik talabdan kelib chiqib sotib olinadi, yaroqlilik muddati yaqin qolgan dorilarni xarid qilish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2024-11-15 10:31

Orolbo‘yida ekologik muammolarga bag‘ishlangan Climate Expo ko‘rgazmasi va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etiladi

Orolbo‘yi hududini barqaror rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamjamiyatni keng jalb etish maqsadida Mo‘ynoqda “Orol tabiati laboratoriyasi”ni tashkil etiladi. Shuningdek, Orolbo‘yida ekologik muammolarga bag‘ishlangan ko‘rgazma va “Orol vodiysi” iqlim texnologiyalari ekspo-xabi tashkil etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2024-11-12 10:04

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. U chiqindini saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish choralarini tatbiq etilishini tashkil etadi. gazeta.uz »

2024-10-4 08:36

Kasb-hunar maktablari va kollejlar negizida 600 ta texnikum tashkil etiladi, ularning 14 tasida Britaniyaning BTEC dasturi joriy etiladi

O‘zbekistonda barcha kollej va kasb-hunar maktablari texnikumlarga aylantiriladi, binolarning bir qismi maktablar uchun beriladi. Texnikumlar qisman akademik mustaqillikka ega bo‘ladi va pullik xizmatlar ko‘rsata oladi. Ulardan 14 tasida Britaniyaning BTEC dasturi joriy etiladi. gazeta.uz »

2024-9-25 20:23