Ðåçóëüòàòîâ: 253

Toshkentda tirbandlik va YTHlarni kamaytirish bo‘yicha markaz tashkil etiladi

Poytaxtda yagona yo‘l harakatini tashkil etish markazi ishga tushadi. U transport va piyodalar oqimlarini tahlil qiladi va intellektual transport tizimini joriy etadi. Tizim tirbandliklarni bashorat qilish, marshrutlarni optimallashtirish va svetofor fazalarini adaptiv tarzda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-12-3 15:56

O‘zbekiston va Finlyandiya Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etadi

O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari muhim minerallar, energetika va mehnat migratsiyasida hamkorlikni muhokama qildi. O‘zbekiston eksporti uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish, Savdoni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish, 2026-yilda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. gazeta.uz »

2025-10-31 17:39

Belgiyaning Ahlers Logistics’i O‘zbekistonda logistika markazlari tashkil etishga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston transport vaziri Bryusselda Ahlers Logistics ijrochi direktori bilan uchrashib, mahalliy kompaniyalar hamkorligida zamonaviy logistika markazlari tashkil etish masalasini muhokama qildi. Avvalroq bu kompaniya Toshkent yaqinida omborxona majmuasi yoki logistika terminali qurishga qiziqish bildirgandi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:44

Shavkat Mirziyoyev Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan BRT tizimini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan BRT tizimini ko‘zdan kechirdi. Loyiha qiymati qiymati 19,2 mln dollar bo‘lgan. Davlat rahbari, shuningdek, Toshkentda bunday yo‘laklarini uzaytirish, shahar atrofida transport bog‘lamalari tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. gazeta.uz »

2025-10-15 15:45

O‘zbekiston va Afg‘oniston logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi

O‘zbekistonning Sogdiana Trans va Afg‘onistonning Khan Daqiq Trading kompaniyalari Kobulda logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi. Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Boltikbo‘yiga yuk yetkazib berish hamda Yevropa, MDH, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-26 10:48

O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha master reja ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini xaritalash va raqamlashtirish asosida tibbiyot muassasalarini yagona yondashuvda tashkil etish bo‘yicha master reja ishlab chiqiladi. Bu orqali yangi standartlar, namunaviy loyihalar va markazlashgan laboratoriyalar joriy etish, 210 ta sanitar normani o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-8-20 20:13

Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda

So‘nggi yillarda insult va infarktga olib keluvchi kasalliklar ko‘paymoqda, ularning 85 foizi nogironlik bilan yakunlanadi, ta’kidlandi prezidentga taqdimotda. Shu bois ushbu xastaliklarning oldini olish va davolash uchun Milliy nevrologiya va neyroreabilitatsiya tibbiyot markazi tashkil etish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-19 19:35