Ðåçóëüòàòîâ: 255

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari noqonuniy egallab olingan yerga hujjat berish evaziga pora olayotganda ushlandi

Qoraqalpog‘istondagi tumanlarning birida kadastr bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlovchi shaxs pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerga qurilgan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 ming dollar olgan. gazeta.uz »

2026-5-4 07:53

Senat davlat xizmatchilarining noqonuniy harakatlari oqibatida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat davlat organlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. To‘lovlar maxsus kompensatsiya jamg‘armalari orqali amalga oshiriladi va keyinchalik bu mablag‘lar aybdor shaxslardan undirib olinadi. gazeta.uz »

2026-4-8 19:18

Samarqandda Tojikistondan noqonuniy olib kirilayotgan Starlink qurilmasi to‘xtatib qolindi

Samarqandda Tojikiston bilan chegaradagi “Jartepa” postida deklaratsiya qilinmagan va ruxsatnomasi bo‘lmagan Starlink qurilmasi aniqlandi. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu qurilmani O‘zbekiston hududiga maxsus ruxsatnomalarsiz olib kirish va foydalanish taqiqlangan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov boshlangan. gazeta.uz »

2026-4-1 13:17

Dorilarning noqonuniy aylanmasiga ham giyohvandlik moddalariga qarshi kurashgandek qat’iy kurashish kerak — prezident

Prezident O‘zbekistonda dori vositalari aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kontrafakt preparatlarning tarqalishi oqibatida xorijiy kompaniyalar tomonidan 21 turdagi original dori vositalarini yetkazib berish to‘xtatilgan. gazeta.uz »

2026-3-5 18:33

Garovga qo‘yilgan mulkni noqonuniy tasarruf etganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda garovdagi mulkni o‘zlashtirish, yashirish yoki shikast yetkazish uchun, agar zarar jinoiy javobgarlik darajasiga yetmasa, ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Bunga garovga qo‘yilgan mashinalarni noqonuniy ijaraga berish yoki O‘zbekistondan olib chiqib ketish holatlari ko‘paygani bunga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-2-5 09:58

Maktab direktorini ishdan noqonuniy bo‘shatgan Farg‘ona viloyati MMTB boshlig‘i jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov jarimaga tortildi, deb xabar berdi Mehnat inspeksiyasi Gazeta’ga. Uning Buvaydadagi 37-maktab direktorini majburiy navbatchilik ortidan ishdan olish va yangi direktorni ishga tayinlashda qonunchilik talablarini buzgani aytildi. gazeta.uz »

2026-1-17 08:39

Andijondagi korxona tuproqni noqonuniy qazib olib, tabiatga qariyb 32 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi korxona o‘ziga ajratilgan hududdan tashqaridagi maydondan noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, tabiatga 31,9 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Korxonaga 7,7 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. Hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »

2025-10-16 09:28

Navoiyda yo‘lovchi tashuvchi kompaniyaga noqonuniy undirilgan 710 mln so‘mni yo‘lovchilarga qaytarish majburiyati yuklandi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent - Xatirchi” yo‘nalishida avtobusda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Hunarmand” MCHJga 2022-yil avgustidan 2025-yil mart oyigacha bo‘lgan davrda yo‘lovchilardan ortiqcha olingan 710 mln so‘mni qaytarish haqida ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »

2025-9-11 16:11