Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. gazeta.uz »
Noqonuniy - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. gazeta.uz »
Marg‘ilonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti qurilmalarini gaz hisoblagichga ulamay, tarmoqdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar tegishli organga yuborildi. gazeta.uz »
Olti oyida ov qilish qoidalarini buzgan 298 nafar shaxsga nisbatan jami 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Qator hududlarda muddati o‘tgan ov yo‘llanmalardan foydalanilgani aniqlandi. gazeta.uz »
Ekologlar ikki holatda Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinganini aniqladi. Umumiy hisobda tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »
Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Toshkent shahri hokimi noqonuniy tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Reklama konstruksiyalari uchun joylar “Tashqi reklama” tizimi orqali ajratiladi. gazeta.uz »
Andijon shahridagi alyuminiyni qayta ishlash sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 6,8 mlrd so‘m zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi. gazeta.uz »
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida omixta yem ishlab chiqarish sexi gaz tarmog‘iga ulanib, 1 mlrd 65 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi. gazeta.uz »
Norin tumanida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan korxona tizimga 2,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, korxonaning norasmiy rahbari protsessual tartibda ushlandi. gazeta.uz »
“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan yil boshidan buyon 23 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1960 ta holat aniqlangan. gazeta.uz »
O‘zbekistonda olti oyda 550 mlrd 290 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4537 ta iste’molchi qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan. gazeta.uz »
Prezident energiya samaradorligini oshirishga doir yig‘ilishda enegriya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘payganini ta’kidladi. U buni noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, oqibatiga qarshi kurashilayotgani bilan izohladi. gazeta.uz »
Samarqandda fuqarolarni 18 ming dollar evaziga Angliyaga, Andijonda 3 ming evaziga Kanadaga noqonuniy ishga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi. Qoraqalpog‘istonda esa 1,5 ming dollarga Serbiya yoki Bolgariyaga viza olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga tushdi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. gazeta.uz »
Yangihayot tumanida fuqaro qonunga xilof ravishda mayning faoliyatini amalga oshirgani aniqlandi. U 751,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda bir oyda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzgan kamida 12 nafar shaxs javobgarlikka tortildi. Ular, asosan, O‘zbekistonda litsenziyaga ega bo‘lmagan Binance onlayn birjasi orqali kriptovalyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan. gazeta.uz »
Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida fuqarolarni Haj ziyoratiga noqonuniy yubormoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi. Bir holatda Toshkentda aka-uka 2 nafar fuqaroni 12 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan. gazeta.uz »
AQSh prezidentining o‘g‘li Hanter Bayden qurol-yarog‘ saqlash qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. U 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Jo Bayden o‘g‘lini qo‘llab-quvvatladi. gazeta.uz »
Qozog‘istonning Olmaota shahrida noqonuniy migratsiya bo‘yicha reydlarda 27 nafar o‘zbekistonlik ushlandi. Ulardan 3 nafariga ma’muriy javobgarlik tayinlandi, qolganlari ish joyiga qaytarildi. Mamlakat bo‘ylab migratsiya huquqbuzarliklarini aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. gazeta.uz »
Migratsiya agentligi Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan va o‘sha yerdagi o‘zbekistonliklarni noqonuniy migratsiya bo‘yicha “Nelegal-2024” reydlaridan ogohlantirdi. Qonun buzilishi holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda. Agentlik qoidalarga rioya qilishni so‘radi. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqarolarni AQShga noqonuniy jo‘natish holatlariga chek qo‘ydi. Qo‘lga olinganlardan biri buning uchun 42 ming dollar, ikkinchisi esa 17 ming dollar so‘ragan. gazeta.uz »
AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu choralar ularni deportatsiya qilishni osonlashtiradi, dedi Oq uy. Taqiq AQSh janubiy chegarasidagi tirbandlik yuzaga kelgan davrda ham amal qiladi. gazeta.uz »
May oyida O‘zbekistonda 971 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bunda davlat manfaatlariga 67,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keldi. gazeta.uz »
Bosh prokuratura Muna Mug kompaniyasi Toshkentdagi sobiq MXX majmuasi hududidan 53 tup sog‘lom daraxtni noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tkazganini ma’lum qildi. Daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat bergan kompaniya vakillari va mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Nyu-York hakamlar hay’ati Donald Trampni pornoaktrisaga to‘langan pulni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Shu tariqa, u jinoiy ishda aybdor deb topilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Hukm 11-iyul kuni e’lon qilinadi. gazeta.uz »
Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi. gazeta.uz »
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegarada 34 yoshli erkak salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, pullar davlatga o‘tkazildi. gazeta.uz »
BP Chirchiq daryosining qo‘riqlash zonasida 10 dan ortiq tadbirkor moratoriyga qaramay, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Qurilish materiallari zavodi ham ishlamoqda. gazeta.uz »
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. gazeta.uz »
Farg‘ona tumanida Cobalt avtomashinasidan qiymati 367 mln so‘m bo‘lgan 270 dona Xitoyning Tecno Spark smartfoni topildi. gazeta.uz »
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 19 ta holatda 8,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlarining qonunchilikka zid amalga oshirilishi oldi olinganini ma’lum qildi. Eng ko‘p qonun buzilishi holatlari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida aniqlangan. gazeta.uz »
Rishton tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi kompressor agregatlariga noqonuniy ulanib, 2,7 mln kVt soat elektr energiyasini ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Bu 3,6 mlrd so‘mga teng. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida meva-sabzavotlarni saqlash muzlatgichidagi xatolik sabab korxonaning 716 mln so‘mlik elektr energiyasi iste’moli hisobga olinmagani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli organlarga taqdim etildi. gazeta.uz »
Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi. Ulardan biri 688,9 mln so‘mlik, ikkinchisi esa 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan. gazeta.uz »
Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarga yer maydonlarini mansabdor tanishlari orqali noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Samarqandning Ishtixon tumanidagi Zarband konidan o‘zboshimchalik bilan 13,1 ming kub marmar qazib olingani aniqlandi. Buning oqibatida tabiiy obyektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
Bo‘ka tumanida bir oyda 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “zapravka” aniqlandi. AGTKSHda elektron hisobga olish uskunalariga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali uning xotira ma’lumotlari o‘chirilgan. gazeta.uz »
Bir yil ichida sudlar tomonidan tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan yoki ularga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatgan 87 nafar shaxsga nisbatan jarima yoki qamoqqa olish jazosi tayinlandi. gazeta.uz »
DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video). gazeta.uz »
Sirdaryo tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ binosida mayning ferma tashkil qilingani va 34,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. MCHJ mansabdorlariga nisbatan juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »
DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan. gazeta.uz »
DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
DXX Andijon, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida AQShga fuqarolarni noqonuniy yuborishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi. Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarolardan 14 mingdan 19 ming dollargacha pul so‘ralgan. gazeta.uz »
Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX Navoiy va Jizzax viloyatida reyd o‘tkazib, fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ulardan biri Meksika davlati orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarodan 14 ming dollar pul talab qilgan. gazeta.uz »
Dronlarni noqonuniy olib kirish, saqlash va foydalanishda birinchi marta ayblangan shaxslar endi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ilgari faqat qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoiy jazolar ham yengillashtirilmoqda. O‘zgarishlar sayyohlarni jalb qilishga ham qaratilgan. gazeta.uz »
Toshkent viloyatida mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlandi. gazeta.uz »
AQShga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 74 nafar O‘zbekiston fuqarosi 3-mart kuni vatanga qaytarilgandi. Ulardan ba’zilari yo‘l va qamoqxonalardagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berishdi. gazeta.uz »
AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. Elchixona Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom ettirilishini bildirgan. gazeta.uz »
AQShga asosan Meksika orqali noqonuniy ravishda ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. “Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg‘on”, - dedi qaytganlardan biri. gazeta.uz »