Ðåçóëüòàòîâ: 248

O‘zbekistonda katta AESning birinchi energobloki 2033-yilda, ikkinchisi esa 2035-yilda ishga tushiriladi

O‘zbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasida birinchi energoblok 2033-yilda, ikkinchisi esa 2035-yilda ishga tushiriladi. Shuningdek, 2029-yilda Jizzax viloyatida kichik AESning birinchi energoblokini ishga tushirish rejalashtirilgan, oradan yana yarim yil o‘tib ikkinchi blok ham faoliyat boshlaydi. gazeta.uz »

2025-9-29 12:17

Qoraqalpog‘istonda energiyani akkumulyatorda saqlaydigan MOdagi birinchi SHES quriladi

Osiyo taraqqiyot banki va ACWA Power Qorao‘zak tumanida shamol elektr stansiyasi va akkumulyator asosida energiyani saqlash tizimini qurish uchun 51 mln dollar miqdoridagi qarz paketini imzoladi. U Markaziy Osiyodagi birinchi kommunal miqyosdagi energiyani akkumulyator yordamida saqlash tizimiga ega SHES hisoblanadi. gazeta.uz »

2025-9-8 09:40

“34 yilda birinchi marta O‘zbekiston fermerlariga bunday katta imkoniyat berilmoqda” — SSP raisi

SSP raisi Davron Vahobov prezidentning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga QQSni bekor qilish qarorini “tarixiy” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora fermerlarga naqd hisob-kitobdan voz kechish, “yashirin” iqtisodiyotdan chiqish va takroriy ekin ekish bilan yanada faol shug‘ullanish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-5 12:16

O‘zbekiston va AQSh Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi kuzda bo‘lib o‘tadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi joriy yilning kuzida bo‘lib o‘tishi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2025-8-28 18:28

O‘zbekistonda kichik AESning birinchi betonini 2026-yil martida quyish rejalashtirilmoqda

Prezidentga kichik AES qurilishi bo‘yicha ishlar haqida ma’lumot berildi. “O‘zatom” rahbariga ko‘ra, ilk betonni quyish (stansiyaning o‘zini qurish uchun) 2026-yil martiga mo‘ljallangan. “Prezident bizga muddatlarni chapga emas, o‘ngga siljitish, ya’ni muddatlarimizni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-8-9 01:28

O‘zbekiston zaxiralari dekabr oyidan beri birinchi marta kamaydi, ammo oltin zaxirasi qiymati rekordni yangiladi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyi yakunlariga ko‘ra 1,1 mlrd dollarga kamayib, 48,55 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu dekabr oyidan beri birinchi qisqartirish. Markaziy bank zaxiralardagi oltinning fizik hajmini 9 tonnaga oshirib, uning qiymatini rekord darajadagi 38,42 mlrd dollarga yetkazdi. gazeta.uz »

2025-7-8 11:09

Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Ostonada bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogini 1 ta oltin va 4 ta bronza medali bilan yakunladi. Navbahor Hamidova finalda turkiyalik raqibi ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va JKda oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-7-7 10:50