Ðåçóëüòàòîâ: 240

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi. gazeta.uz »

2024-10-11 17:35

“O‘zbekiston gazni 160 dollarga sotib olmoqda va 5,2 mlrd kub metr gaz import qildi” — Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston 5,2 mlrd kub metr - o‘tgan yil olti oyiga nisbatan qariyb 2,3 barobar ko‘p gaz import qildi. Gaz 1000 kub metri uchun 160 dollardan olib kelinmoqda. Soliq qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilvosita soliqlar (aksiz, QQS) ulushining kamayishini gaz bilan bog‘ladi. gazeta.uz »

2024-9-5 18:43

Iste’mol dizeli importi 2022-yilning birinchi yarimyilligiga nisbatan 7,3 barobar oshdi (aniqlashtirildi)

Yil boshidan buyon 168,6 mln dollarlik 206,9 ming tonna iste’mol dizeli import qilindi, bu 2023-yilning yanvar-iyuliga nisbatan 22 foiz, 2022-yilnikiga nisbatan esa 7,3 barobar ko‘p. Bojxona qo‘mitasi va Energovazirlik aniqlik kiritishicha, dizelning barcha turlari hisobga olinsa, import qisqargan. gazeta.uz »

2024-8-22 08:32

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Oliy davlatlararo kengash majlisida 7 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanganini ijobiy baholadi. Tomonlar energetika quvvatlari va infratuzilmasini qurish, muqobil energiya manbalarni rivojlantirish, shuningdek, suv obyektlarini raqamlashtirishga kelishib oldi. gazeta.uz »

2024-8-8 12:49

Deputatlar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Qonunchilik palatasi sohadagi davlat siyosatini, taqiq va cheklovlarni belgilab beruvchi “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Deputatlar O‘zbekistonning kosmosdan foydalanish bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitimni ham ma’qulladi. gazeta.uz »

2024-7-3 17:39

Fransiyadagi parlament saylovlarining birinchi turida o‘ta o‘nglar g‘alaba qozondi

Fransiya parlamenti saylovlarining birinchi turida Marin Le Penning “Milliy birlashuv” partiyasi yetakchilik qildi. Bu o‘ta o‘nglar uchun tarixiy rekord. Agar partiya ikkinchi turda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kirita olsa, bosh vazirlik lavozimini Le Penning protejesi - 28 yoshli Jordan Bardella egallashi mumkin. gazeta.uz »

2024-7-1 17:59

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha birinchi xalqaro kongress o‘tkazilmoqda

Toshkentda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro kongress 300 ga yaqin ishtirokchini birlashtirdi. “Bolalar sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish burchimizdir”, - dedi forumda so‘zga chiqqan birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva. gazeta.uz »

2024-6-6 07:12

O‘zbekistondagi kichik AESning birinchi reaktorini ishga tushirish 2029-yilga rejalashtirilgan — Atom energiyasi agentligi

O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasining birinchi reaktori 2029-yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Atom energiyasi agentligi Spot`ga. Loyiha narxi maxfiy ma’lumot bo‘lib, oshkor etilmaydi, deya ta’kidladi agentlik. gazeta.uz »

2024-6-6 21:41