Ðåçóëüòàòîâ: 248

Markazida ajratilgan yo‘lak mavjud birinchi ko‘cha. Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasi qanday o‘zgaradi?

Shota Rustaveli ko‘chasi rekonstruksiya qilinadi. Bu markazida (ilgari tramvay yurgan joyda) avtobuslar uchun ajratilgan tasmasi bor ilk ko‘cha bo‘ladi. Bekatlar “garmoshka” avtobuslarini sig‘dira oladigan darajada uzun bo‘ladi, o‘tish joylari va svetoforlar o‘rnatiladi. Chapga burilish joylari yopiladi. Tafsilotlar. gazeta.uz »

2025-5-23 09:29

“O‘zbekiston iqtisodiy kelajagiga optimistik qaraydi” — IMV rahbari birinchi o‘rinbosari

O‘zbekiston global iqtisodiy beqarorlik sharoitida ham islohotlarga sodiq qoladi, dedi IMV rahbari birinchi o‘rinbosari. U Markaziy Osiyoda ishonch ortib borayotganini qayd etib, 2030-yilgacha aholi jon boshiga YIM hajmi $5000 ga yetishiga ishonch bildirdi va OTBga yangi hamkorlik formatlarini taklif qildi. gazeta.uz »

2025-5-6 19:31

Italiyada sun’iy intellekt tomonidan yozilgan dunyodagi birinchi gazeta nashr etildi

Italiyada Il Foglio gazetasi neyron tarmog‘i tomonidan yozilgan birinchi sonni nashr etdi. Sun’iy intellekt barcha material va sarlavhalarni o‘zi tayyorlagan. Bunda yangi texnologiyalarning inson hayoti va faoliyatiga ta’sirini o‘rganish reja qilingan. U 4 sahifadan iborat bo‘lib, bosma va onlayn shaklda mavjud. gazeta.uz »

2025-3-19 17:35

Ayubxon Rahmatullayev IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi, Ulug‘bek Tashxodjayev — IIV Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i

Bungacha Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan Ayubxon Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ulug‘bek Tashxodjayev IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga rahbar bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-3-11 17:14

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi. gazeta.uz »

2025-1-8 09:22

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi tur natijalari bekor qilindi

Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi “jarayonning to‘g‘riligi va qonuniyligini ta’minlash uchun” prezident saylovining birinchi tur natijalarini bekor qildi. Yangi saylov sanasini hukumat belgilaydi. OAV Rossiya saylovga aralashgani va birinchi tur g‘olibining targ‘iboti uchun keng ko‘lamli kampaniya o‘tkazganini yozmoqda. gazeta.uz »

2024-12-6 18:34