Ðåçóëüòàòîâ: 240

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi bir vaqtning o‘zida Jazoirdagi birinchi elchi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev Jazoirdagi birinchi elchi etib tayinlandi. U Jazoir tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Tomonlar savdo, sanoat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-5 16:12

Ekspertiza Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi birinchi bosqichini ma’qulladi, ammo takomillashtirishlarni talab qildi

Davlat ekologik ekspertizasi markazi filiali Chorvoq suv ombori sharqiy sohilidagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi birinchi bosqichiga ijobiy xulosa berdi. Ekspertlar ko‘p parametrlar hozircha dastlabki ekanini qayd etib, qo‘shimcha tadqiqotlar, aniqlashtirishlar va majburiy shartlar bajarilishini talab qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-24 11:29

JSST rahbari O‘zbekiston birinchi xonimining bolalar saratoniga qarshi kurashdagi xizmatlarini e’tirof etdi

JSST rahbari Toshkentda bo‘lib, Mehrli maktab gospital maktabi faoliyat yuritayotgan Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi. U O‘zbekiston birinchi xonimi va Zamin fondi rahbarining bolalar saratoniga qarshi kurash sohasidagi xizmatlarini qayd etdi. gazeta.uz »

2026-4-22 16:39

O‘zbekiston aeroportlari yilning birinchi choragida salkam 4 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston aeroportlari 4 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga ko‘pdir. Uzbekistan Airports hisobotiga ko‘ra, aviareyslar soni 30 mingdan oshgan, yuk tashish hajmida esa 14 foizlik o‘sish qayd etilgan. gazeta.uz »

2026-4-22 07:28

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining birinchi davrasini yakka peshqadam sifatida yakunladi

Grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining yettinchi turida Anish Giri bilan durang o‘ynadi. U biroz ustunlikka ega bo‘ldi, biroq raqib aniq himoyalana oldi. Birinchi davra yakunlariga ko‘ra, 20 yoshli Sindarov 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘ardi va ishonchli tarzda peshqadamlikni saqlab qolmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 21:39

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston YAIMning real o‘sish sur’ati 6,6 foizni tashkil etadi. 2026-yilda budjet taqchilligi chegarasi YAIMning 3 foizi, yangi tashqi qarzlar chegarasi 5 mlrd dollar miqdorida belgilangan. gazeta.uz »

2025-12-3 13:32

Birinchi bosqich — o‘zini o‘zi tartibga solish, keyin — qonun. Markaziy bank — O‘zbekistondagi bo‘lib to‘lash bozori haqida

Markaziy bank bozor ishtirokchilari bilan birga BNPL (bo‘lib to‘lash) sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun axloq kodeksi joriy qilmoqda. Bozor ishtirokchilariga axborotni ochiqlash, “foizsiz” kabi so‘zlardan foydalanmaslik, qo‘shimcha to‘lov miqdorini majburiy ko‘rsatish singari qator talablar qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-10-27 17:55

O‘zbekistonda erta ta’lim sohasida Markaziy Osiyodagi birinchi Tadqiqot va innovatsiyalar markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda YUNISEF va Fondazione Reggio Children ko‘magida Erta ta’lim bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot va innovatsiya markazi tashkil etildi. Markaz bola shaxsiga yo‘naltirilgan sifatli ta’limni rag‘batlantiradi va bola hayotining dastlabki yillarida tanqidiy fikrlash va ijodkorlik ko‘nikmalarni mustahkamlaydi. gazeta.uz »

2025-10-25 15:15

O‘zbekistonda katta AESning birinchi energobloki 2033-yilda, ikkinchisi esa 2035-yilda ishga tushiriladi

O‘zbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasida birinchi energoblok 2033-yilda, ikkinchisi esa 2035-yilda ishga tushiriladi. Shuningdek, 2029-yilda Jizzax viloyatida kichik AESning birinchi energoblokini ishga tushirish rejalashtirilgan, oradan yana yarim yil o‘tib ikkinchi blok ham faoliyat boshlaydi. gazeta.uz »

2025-9-29 12:17