Ðåçóëüòàòîâ: 836

Sadir Japarov OAVga oid yangi qonunni imzoladi, unda mediaga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilgan

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov OAV to‘g‘risida qonun imzoladi: endi internet platformalari, jumladan, sayt va bloglar ham majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Avvalroq huquqshunoslar qonun OAV ishini jiddiy ravishda cheklashini aytib, prezidentni parlament qabul qilgan qonunni rad etishga chaqirgandi. gazeta.uz »

2025-8-7 10:23

Yangi Toshkent aeroporti 2030-yilgacha qurilishi rejalashtirilmoqda. Prezident loyiha bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida poytaxt uchun yangi aeroport qurish rejalari bilan tanishdi. Uni 2030-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda havo bandargohi yiliga 20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda investorlarning takliflari ko‘rib chiqilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-1 19:31

Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasidagi yangi tayinlovlarni tasdiqladi

Prezident o‘z ma’muriyatida yangi tayinlovlarni tasdiqladi. Ko‘plab yuqori lavozimli xodimlar o‘z lavozimlarini saqlab qoldi, ammo tuzilmalar va lavozimlarning nomlari o‘zgartirildi. Shuningdek, kadrlar siyosati, iqtisodiyot, tashqi aloqalar va boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. gazeta.uz »

2025-7-31 20:36

AQSh, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eronga yangi yadroviy kelishuv uchun avgust oyi oxirigacha muhlat bermoqchi — Axios

AQSh, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya Eron bilan yadroviy kelishuvga erishish uchun avgust oyining oxirini so‘nggi muddat sifatida belgilashga kelishib oldi. Agar bu amalga oshirilmasa, Yevropa davlatlari BMT Xavfsizlik Kengashining Tehronga qarshi barcha sanksiyalarini tiklaydi. gazeta.uz »

2025-7-16 15:48

Prezident kiberjinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish, kadrlarni yangi tahdidlarga tayyorlashni buyurdi

Kiberjinoyat O‘zbekistonda eng jiddiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda - ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 42 foizi unga to‘g‘ri keladi. Prezident ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha kadrlar tayyorlashni kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirishni topshirdi. gazeta.uz »

2025-7-9 18:06

Mask yangi “Amerika” partiyasini tuzdi. Trampga ko‘ra, milliarder “relsdan chiqib ketdi”

Kongress “Katta ajoyib qonun loyihasi” deb ta’riflangan qonunni qabul qilgach, Ilon Mask “ozodlikni qaytarish uchun” “Amerika” nomli yangi partiya tuzganini e’lon qildi. Tramp Maskning relsdan butunlay chiqib ketgani va bunday siyosiy kuchlar “total tartibsizlik va xaos”ni keltirib chiqarishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-7-7 11:19

“Katta kitoblarga yetkazuvchi kichik qayiqchalar”. “Hilol Nashr"da yangi asarlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Hilol Nashr” nashriyotida “Andijon darg‘alari” kitobi va “Qalbi salim” risolasi taqdimoti o‘tkazildi. Birinchi kitob sovet davrida taqiqda bo‘lgan diniy bilimlarni avlodlarga yetkazishga hissa qo‘shgan ulamolar haqida bo‘lsa, ikkinchisida fiqhiy masalalar hayotiy misollar asosida tushuntirilgan. gazeta.uz »

2025-6-30 16:03

1-yanvardan yangi davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yilga tuziladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab yangi davlat xizmatchilari bilan dastlab 1 yillik mehnat shartnomasi tuziladi, faoliyatining ijobiy natijalari bo‘lsa, u doimiy shartnomaga aylantiriladi. Iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash hamda tanlash bo‘yicha “TOP-100” dasturi joriy etiladi. gazeta.uz »

2025-6-20 14:57

“Kovidning yangi to‘lqini yuzaga kelishi ehtimoli qariyb nolga teng”. Nurmat Atabekov — NB.1.81 shtammi bilan bog‘liq vaziyat haqida

SES raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov dunyoda kovidning yangi NB.1.81 shtammi tarqalayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi. O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror, jamiyatda jamoaviy immunitet shakllangan, mutatsiyalardan vahima yasash kerak emas, dedi u. gazeta.uz »

2025-5-30 14:02