Ðåçóëüòàòîâ: 779

Dendroparklar, soyali ko‘chalar, yangi favvoralar va hovuzlar. Toshkentda rejalashtirilgan loyihalar

2026-yil oxirigacha Toshkentda dendroparklar va yangi botanika bog‘i, soyali xiyobonlar, KHAYda “yashil yo‘lak” va “yashil belbog‘” yaratish rejalashtirilmoqda. Favvoralar soni ikki karra oshiriladi, yangi sun’iy suv havzalari paydo bo‘ladi. Ekologiya qo‘mitasi rejalarni taqdim etdi. gazeta.uz »

2025-11-25 00:16

“Hayratlanarli darajada samimiy”. Tramp va Nyu Yorkning yangi meri o‘rtasidagi uchrashuv qanday kechdi?

Oq uyda o‘tgan Tramp va Nyu Yorkning yangi meri Mamdani uchrashuvi qarama-qarshiliklarga boy bo‘lishi kutilgandi, ammo jarayon o‘ta samimiy va maqtovlarga boy kechdi. Siyosatchilar narxlar bilan bir qatorda, energiya xarajatlari, jamoat xavfsizligi va Yaqin Sharqdagi tinchlik kabi masalalarda umumiy til topishdi. gazeta.uz »

2025-11-23 18:27

2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomi o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi

O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomlari davlat tilida - o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, obyekt pasporti, peshlavha va qurilish maydoni to‘siqlaridagi boshqa yozuvlar davlat tilida bo‘lishi, unga oid reklama va e’lonlarda o‘zbekchadan foydalanish majburiy bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-10-24 09:46

O‘zbekistonda davlat loyihalarida mahalliy elektrotexnikadan foydalanish bo‘yicha yangi talablar joriy etilmoqda

Davlat loyihalarida mahalliy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha majburiy ulush belgilanadi: kabel va transformatorlar uchun 70%, nasoslar - 50%, boshqa elektrotexnika - 30%. Mis mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga 100 mln dollar ajratiladi va OKMKdan mis sotib olishda imtiyoz muddati uzaytiriladi. gazeta.uz »

2025-10-21 10:32

Vision Invest va Air Products yangi Toshkent aeroporti uchun aviayoqilg‘i ishlab chiqaradi — energetika vaziri

Yangi Toshkent aeroporti uchun Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi va AQShning Air Products kompaniyasi bilan aviayoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Saudiya kompaniyalari hamkorligida Parkentda yirik batareya saqlash tizimi ishga tushiriladi, Samarqandda yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi. gazeta.uz »

2025-10-17 10:57

O‘zbekistonda skuter va mopedlar uchun yangi tartib kuchga kirgach vaziyat qanday? Gazeta o‘rganishi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan moped va skuter haydovchilaridan avtoraqam va haydovchilik guvohnomasini talab qilish boshlandi. Gazeta shu sabab ishga chiqolmayotgan yoki transportini almashtirgan kurerlar bilan suhbatlashdi, avtomaktablar va yetkazib beruvchi kompaniyalardagi vaziyatni o‘rganishga harakat qildi. gazeta.uz »

2025-10-11 12:57