Ðåçóëüòàòîâ: 779

Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Davlat rahbari diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekistondagi missiyasi boshlangani bilan tabrikladi. Prezident Markaziy Osiyo yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va integratsiya mintaqasiga aylanib borayotganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-3-6 15:13

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun yer uchastkasini ijaraga olgan yuridik shaxslar 1 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun yer uchastkasini ijaraga olgan yuridik shaxslar 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi. 2025-yil 1-martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi. gazeta.uz »

2025-2-24 07:56

Toshkentda Amir Temur ko‘chasidagi ayanchli YTHdan so‘ng yangi yo‘l chiziqlari olib tashlanmoqda. Bu yetarlimi?

Toshkentning Amir Temur ko‘chasida piyodalar jarohat olgan jiddiy YTHdan so‘ng YHXX qatnov qismini toraytiruvchi chiziqlarni olib tashlashga qaror qildi. Biroq savol hamon mavjud: avariyaga olib kelgan xatolar inobatga olindimi, xavfsizlikni oshirish uchun amaliy choralar ko‘riladimi? “Gazeta.uz” murojaati. gazeta.uz »

2025-2-18 15:54

1-apreldan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-apreldan kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi. Unga ko‘ra, texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joyini tiklash uchun yordam ko‘rsatiladi. gazeta.uz »

2025-2-12 08:02

O‘zbekistonda yangi elektr stansiyalari va energiya omborlarini tizimga ulash uchun 7000 km magistral tarmoq quriladi

Tarmoqqa yangi elektr stansiyalari va energiya saqlash quvvatlarini ulash uchun O‘zbekistonda 7000 km magistral tarmoq quriladi, bu esa hududlarda energiya balansini ta’minlaydi - bir viloyatda yetishmovchilik bo‘lsa, boshqa joyda qo‘shimcha quvvatlar joriy etiladi. Bu uchun 4 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi. gazeta.uz »

2025-1-28 19:06