Ðåçóëüòàòîâ: 836

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Navoiyga tashrifi chog‘ida 1100 gektar maydonda qurilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi birinchi bosqichining borishi bilan tanishdi. Shaharchada balandligi 7 dan 22 qavatgacha bo‘lgan uylar, 4170 o‘rinli maktablar, 1620 o‘rinli bog‘chalar va poliklinika, shuningdek, bog‘ va pedinstitutning yangi binosi quriladi. gazeta.uz »

2024-10-31 18:27

UNICEF’ning O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlili nimalarni ko‘rsatib berdi?

UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan. gazeta.uz »

2024-10-31 09:56

Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi. Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi. gazeta.uz »

2024-9-25 14:13

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?

Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. gazeta.uz »

2024-9-15 19:38