Ðåçóëüòàòîâ: 779

O‘zbekistonda geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi

Prezident mutasaddilarga xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun dastur ishlab chiqishni topshirdi. “O‘zbekneftgaz” transformatsiyani davom ettirib, tannarxni kamaytirish va kredit reytingini yaxshilash ustida ishlaydi. gazeta.uz »

2024-12-19 21:34

Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi

Ombudsman to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri uning vakolatlarini kengaytirdi: endi u ta’sir choralari - ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma qo‘llashi mumkin. Ombudsman va uning jamoasi mahkumlar saqlanadigan joylarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyura oladi. gazeta.uz »

2024-11-28 17:52

“Toshshahartransxizmat” va Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Sanjar Sattarov “Toshshahartransxizmat” rahbari v.b. etib tayinlandi. Tashkilotining avvalgi rahbari Anvar Jo‘rayev ustidan sud ishi ketmoqda. Shuningdek, Mirakbar Ikramov Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi. gazeta.uz »

2024-11-22 16:09

Prezident — avvalgi deputatlar faoliyati va Qonunchilik palatasining yangi tarkibiga takliflari haqida

Prezident o‘tgan chaqiriqdagi deputatlar ishiga baho berdi va parlament a’zolarining yangi tarkibi oldida turgan muammolarni sanab o‘tdi. Ular orasida vazirliklarning samarasiz ishlashi, renovatsiya qonunining qabul qilinishi, majburiy tibbiy sug‘urta, qonunchilikni JSTga muvofiqlashtirish va boshqalar bor. gazeta.uz »

2024-11-18 15:35

“Yevropa O‘zbekistonning ming yillik tarixidagi yangi bobda hamkoringiz bo‘lishni istaydi” — Ursula fon der Lyayen

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen O‘zbekiston va Yevropa misli ko‘rilmagan darajada bir-biriga yaqinlashganini ta’kidladi. “Sherikligimizning eng yaxshi kunlari hali oldinda”, - dedi u “O‘zbekistonda Yevropa iqtisodiyoti kunlari” biznes-forumining ochilish marosimidagi videomurojaatida. gazeta.uz »

2024-11-6 14:20

Prezident Yangi Navoiy shaharchasidagi qurilish ishlari boshlanishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Navoiyga tashrifi chog‘ida 1100 gektar maydonda qurilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi birinchi bosqichining borishi bilan tanishdi. Shaharchada balandligi 7 dan 22 qavatgacha bo‘lgan uylar, 4170 o‘rinli maktablar, 1620 o‘rinli bog‘chalar va poliklinika, shuningdek, bog‘ va pedinstitutning yangi binosi quriladi. gazeta.uz »

2024-10-31 18:27

UNICEF’ning O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlili nimalarni ko‘rsatib berdi?

UNICEF va bolalar ombudsmani O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar holati bo‘yicha yangi tahlil natijalarini taqdim etdi. Unda yutuqlar ham, muammolar ham, jumladan, tibbiyotni moliyalashtirishning yetishmasligi, ta’lim sifati, YTHlarda o‘lim darajasi yuqoriligi, to‘liq bo‘lmagan statistika va boshqalar tavsiflangan. gazeta.uz »

2024-10-31 09:56