Ðåçóëüòàòîâ: 89

O‘zbekistonda biznes uchun kreditlar qariyb uch yildagi eng past darajagacha arzonlashdi — Markaziy bank

Iyun oyida so‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka yillik 21,6 foizgacha pasaydi - bir oyda 0,4 foiz bandiga, bir yilda esa 1,4 foiz bandiga. Biznes uchun bank kreditlari 21,8 foizgacha arzonlashib, 2023-yil oktabridan buyon eng past darajaga tushdi. Ayni paytda aholi uchun kredit stavkalari biroz oshdi. gazeta.uz »

2026-8-6 10:56

O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limining qariyb yarmi hayotning birinchi oyiga to‘g‘ri keladi. 2030-yilgacha uni qariyb 2 baravarga kamaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limining qariyb 47 foizi tug‘ilgandan keyingi dastlabki 30 kun ichida sodir bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni kamaytirish maqsadida hukumat pediatriya yordami tizimini isloh qilish, genetik diagnostika va bolalarni raqamli kuzatish tizimini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »

2026-7-8 14:33

Raqobat qo‘mitasiga qurilish sohasi bo‘yicha birinchi chorakda qariyb mingta murojaat kelib tushdi

Raqobat qo‘mitasiga 2025-yilda qurilish sohasidagi qonunbuzilishlar haqida 1706 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragida ularning soni qariyb mingtaga yetgan. Murojaatlar asosan qurilish muddatlarining buzilishi, uylarning o‘z vaqtida topshirilmasligi va sifatsiz ishlar bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2026-6-8 09:53

Uran bozorining faol o‘sishi sharoitida “Navoiyuran” foydasini qariyb 30% oshirdi

“Navoiyuran” korxonasi to‘qqiz oyni 3,7 trln so‘m sof foyda bilan yakunladi - o‘tgan yil shu davridan 28,6% ko‘p. Uchinchi chorakda foyda 1,5 karra o‘sdi. Ishlab chiqarish 10,6 trln so‘mdan oshdi. O‘sish global uran narxining yil davomidagi eng yuqori darajaga ko‘tarilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. gazeta.uz »

2025-11-11 18:47

O‘zbekistonda Meta, Apple, Google va boshqa kompaniyalar 9 oyda qariyb 125 mlrd so‘m soliq to‘ladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025-yilning 9 oyida 124,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 44 foizga ko‘p. Soliqlarning 93 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. gazeta.uz »

2025-10-29 07:51

Andijondagi korxona tuproqni noqonuniy qazib olib, tabiatga qariyb 32 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi korxona o‘ziga ajratilgan hududdan tashqaridagi maydondan noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, tabiatga 31,9 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Korxonaga 7,7 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. Hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »

2025-10-16 09:28

Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 80 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan olib kelingan jami 79 kg 744 gr giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda. gazeta.uz »

2025-8-20 08:02

2025-yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning qariyb 93 foizini afg‘onistonliklar tashkil qildi

2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 223,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Ularning 207 536 nafari, ya’ni 92,7 foizi afg‘onistonlikdir. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (12 244 kishi) va Turkmaniston (1642) fuqarolari joylashdi. gazeta.uz »

2025-8-5 11:21

“Kovidning yangi to‘lqini yuzaga kelishi ehtimoli qariyb nolga teng”. Nurmat Atabekov — NB.1.81 shtammi bilan bog‘liq vaziyat haqida

SES raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov dunyoda kovidning yangi NB.1.81 shtammi tarqalayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi. O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror, jamiyatda jamoaviy immunitet shakllangan, mutatsiyalardan vahima yasash kerak emas, dedi u. gazeta.uz »

2025-5-30 14:02

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari qariyb uchdan bir qismga oshdi, MB 2025-yil uchun prognozni yaxshiladi

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 3,3 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kelib tushdi - bu o‘tgan yilga nisbatan 32% ga ko‘p. Markaziy bank buni hamkor davlatlar valyutalarining mustahkamlanishi va daromadliroq mamlakatlarga migratsiyaning o‘sishi bilan bog‘lamoqda. MB 2025-yil uchun pul o‘tkazmalari prognozini yaxshiladi. gazeta.uz »

2025-5-22 15:53